Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33OKMK Nodir metallar va qattiq qotishmalar ishlab chiqarish bo‘yicha ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi mehnat jamoasi 2021-yilni samarali yakunladi.
Jumladan, mehnat jamoasi oldiga o‘tgan yilda 188,9 mlrd so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish vazifasi yuklatilgan edi. Marrani katta olgan mehnat jamoasining sa'yi-harakatlari bilan o‘tgan yilda 377,5 mlrd so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilib, reja 199,8%ga bajarildi.
Tovar mahsulotlari ishlab chiqarish vazifasi esa 215,8%ga uddalanganini alohida ta'kidlash joiz. O‘tgan yilda 353,8 mlrd so‘mlik tovar mahsulotlari tayyorlangan.
Kombinat ichki ehtiyojlari uchun esa 23,7mlrd so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilgan.
Molibden 3 oksidi ishlab chiqarish rejasi ham o‘tgan yilda 128,6%ga bajarilgan holda115,3%lik o‘sish sur'ati ta'minlangan. 1281,6 tonna ushbu mahsulot ishlab chiqarilgan.
Bashorat ko‘rsatkichi bo‘yicha 656 tona molibden shtabigi va briketi ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan bo‘lib, amalda bu vazifa 812,5 tonnaga uddalandi. Reja 129,5%, o‘sish sur'ati esa 110,6%ga yetkazilgan.
Olovbardoshli keramik buyumlar ishlab chiqarish bo‘yicha 838,3 tonnalik natija qayd etilgan. Reja 117,4%, o‘sish sur'ati esa 118,6% bo‘lgan.
Ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalangan holda 94,3 tonna molibden metali tayyorlandi. Reja esa 120,6%ga uddalandi.
Yana bir muhim jihat birlashma tomonidan tayyorlanayotgan mahsulotlar asosan eksport qilinadi. Eksport yo‘nalishida ham yuqori samaradorlik kuzatildi. 2021 yilda 30,5 mln dollarlik mahsulot eksport qilinib, reja 250,4%ga bajarilgani va o‘sish sur'ati 208,8%ga yetkazilgani e'tirof loyiq.
Birlashmada mahalliylashtirish dasturi ham samarali amalga oshirib kelinayapti. O‘tgan yilda dastur doirasida 32ta loyiha amalga oshirilib, reja 106,6%ga bajarilgan va 60,3 mlrd so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilgan.
2021 yilda birlashma uchun omadli keldi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Kombinat olimlarining samarali izlanishlari natijasida birlashmada sof holatdagi reniy metallini olinishiga muvaffaq bo‘lindi.
2022 yilda ham birlashma mehnat jamoasi oldiga yuksak marralarni qo‘ygan. Xususan, mis sanoati klasterini rivojlantirish doirasida birlashmada bir qator yangi turdagi mahsulotlar ishlab chiqarilishi ko‘zda tutilmoqda.
Sherzod Tilovberdiyev,
Veb muharrir