Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Ayni kunlarda Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining asosiy tarkibiy bo‘linmalaridan sanalgan Mis boyitish fabrikasining 1-Maydalash sexi hamda Yanchish va flotatsiyalash sexida katta ta'mirlash ishlari olib borilmoqda.
Rejali oldini olish ta'mir jadvallariga asosan olib borilayotgan ta'mir ishlari joriy yilning 5-fevral kuni boshlandi.
Ta'mir ishlari “Olmaliqmetallurgqurilish” tresti va MBF mehnat jamoasi tomonidan amalga oshirilmoqda. Jumladan, ta'mir jarayonida Maydalash sexidagi o‘rta maydalagichning 1-dan 4-gacha bunkerlarini tozalash va yemirilgan ustunlarni qayta tiklash ishlarini bajariladi.
Yanchish va flotatsiyalash sexida esa bunkerlar, tegirmon va flotoparkda ta'mirlash ishlari yo‘lga qo‘yildi.
Ta'mir ishlarini sifatli va tez sur'atlarda yakunlash uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan.
Ma'lumot uchun: 2023-yilda har ikki sex mehnat jamoasi tomonidan 28 832 564 tonna ruda qayta ishlangan. Shuningdek, ushbu sexlarda keng qamrovli modernizatsiya ishlari amalga oshirilib, 18 ta maydalagichlar to‘liq yangilangan.
Axborot xizmati