"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Yildan-yilga rivojlanib borayotgan Olmaliq kon-metallurgiya kombinati bilan dunyoning ko‘plab davlatlarining yetakchi kompaniyalari hamkorlikka qilishga qiziqish bildirishmoqda.
Jori yilning 2-dekabr kuni OKMKga tashrif buyurgan Italiya va Avstraliyaning “IDS GEORADAR” va “Leica Geosystems AG” kompaniyalari delegatsiyasi vakillari ham kelgusida kombinat bilan hamkorlik qilishga qiziqish bildirishdi.
OKMK Marksheyder bo‘limi xodimlari tomonidan mehmonlarga avtomatlashtirilgan georadar va lazerli skanerlash uskunalarining ishlash prinsiplari, deformatsiyalarni real vaqt rejimida kuzatish imkoniyatlari, hamda ushbu texnologiyalarning ishlab chiqarish xavfsizligini oshirishdagi ahamiyati yuzasidan batafsil taqdimot o‘tkazildi.
Shundan so‘ng, delegatsiya a’zolari dunyodagi eng yirik konlardan biri hisoblangan Qalmoqqir konida bo‘lishib, u yerda mehmonlarga konning asosiy parametrlari, geologik va geotexnik xususiyatlari tanishtirildi. Shuningdek, deformatsiya yuzaga kelish ehtimoli bo‘lgan uchastka va zonalar, ularda olib borilayotgan ishlar va geomonitoring olib borilishi zarur bo‘lgan nuqtalar amaliy tarzda ko‘rsatib berildi.
Shuningdek, tashrif davomida xalqaro tajribaga asoslangan ilg‘or geomonitoring texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, kombinat ishchi-xodimlari xavfsizligini yana-da oshirish va kelgusida amalga oshiriladigan loyihalar muhokama qilindi.
Mazkur tashrifdan ko‘zlangan maqsad — karyer bortlarida xavfsiz ishlashni ta’minlash, tog‘ jinslari siljishi, deformatsiyalar va yer ko‘chish kabi geotexnik jarayonlarni erta aniqlashga qaratilgan zamonaviy geomonitoring texnologiyalarining taqdimoti va amaliy namoyishini o‘tkazishdan iborat bo‘ldi.
Axborot xizmati