• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Obyektlarda yuqori sur’at

20 Iyun 2024, 13:37 369

Vatanimizning betakror qiyofasi va yangi hayot qurish yo‘lida amalga oshirilayotgan ulkan bunyodkorlik ishlari shu kunlarda qizg‘in pallaga kirgan. Ko‘kka bo‘y cho‘zayotgan muhtasham binolar, yashillikka burkangan bog‘lar, zamonaviy ta'lim va ijtimoiy soha maskanlari shaksiz, shahrimiz Olmaliqning ham ko‘rkiga ko‘rk qo‘shmoqda.

Birgina o‘tgan oyning o‘zida shaharda Muhandislik maktabi va Quruvchilar bog‘ining foydalanishga topshirilishi fikrimiz isbotidir. Bunday obod manzillar odamlarning dunyoqarashi, yashash tarzini o‘zgartirmoqda. Ushbu bunyodkorlik amallari ijrochilaridan biri bo‘lgan “Olmaliq KMK” AJ “Olmaliqmetallurgqurilish” tresti quruvchilari oldida turgan ayni kunlardagi vazifalar xususida trest Ishlab chiqarish bo‘limi boshlig‘i Dilorom Asrayeva o‘z fikrlarini bildiradi.

- Umuman olganda korxonamiz quruvchilari tomonidan olib borilayotgan ishlarni Yangi O‘zbekistonni qamrab olgan ulkan bunyodkorlik jarayonining bir qismi sifatida baholasak yanglishmagan bo‘lamiz. Amalga oshirilgan va izchillik bilan davom ettirilayotgan ushbu bunyodkorlik jarayonining samarali bo‘lishi ob’yektlarimizda g‘ayrat ko‘rsatib mehnat qilayotgan quruvchilardan o‘z zimmalariga yuklangan vazifalarga mas’uliyat bilan yondashish hamda shijoat va fidoyilikni talab qiladi. 87 ta kapital qurilish va ta’mirlash ob’yektlarimizda olib borilayotgan qurilish-montaj va ta’mir ishlardagi sur’at, hamjihat harakatlar vazifalar barqaror bajarilishining bosh omili bo‘lmoqda. 1400 nafardan ortiq quruvchi, montajchi, ta’mirchi va muhandis-texnik xodimlarimiz o‘z uchastkalarida yuqori tashkilotchilik va unumdorlikni ta’minlab borishayotganini alohida ta’kidlab o‘tish zarur bo‘ladi.

Ayni kunlarda jamoamiz safarbar etilgan obyektlarga to‘xtalib o‘tadigan bo‘lsam, “MBF 4-suv uzatish 4-tarmog‘i” obyektida 5-qurilish-montaj uchastkamiz jamoasi tomonidan kecha-kunduz montaj ishlari olib borilmoqda. Ishlab chiqarish ustasi Muzaffar Norboyev boshchiligidagi jamoa magistral quvurlar poydevorlariosti yer ishlari, poydevor o‘rnatish ishlari hamda salnikli kompensatorlarni payvandlab tiklash tadbirlarini olib borishmoqda. Shu kunga qadar 8,5 km.dan ziyod magistral tortilishida Murod Jabborov, Abror Asraev, Doston Hamraev, Komil Ahmadaliyev, Shavkat Sherov va Farrux G‘oynazarov kabi ishchi-xodimlarimiz jonbozlik ko‘rsatib kelishmoqda. Bosh metallurgiya korxonamizda tiklanishi ko‘zda tutilayotgan ikkita obyekt uchun demontaj ishlari qizg‘in olib borilayapti. “Yoshlik I” investitsiyaviy dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘lami nihoyatda keng. Shu kunlarda “Yoshlik I” koni bilan bir qatorda “Qalmoqqir” konida avto o‘ziag‘daruvchi transport vositalariga 1- va 2-texnik xizmat ko‘rsatish shoxobchalari ham bunyod etilayapti. Yuqoridagi loyiha doirasida Markaziy ta’mirlash mexanika zavodi bazasida tog‘-kon mashina va uskunalari ta’mirini tashkil etish ob’yektini qurish ishlariga ham start berildi. Konveyer roliklari ishlab chiqarish sexi qurilishida progonlar va fermalar metall konstruksiyalarini bo‘yash ishlari jadda likda olib borilayapti. Barchaning diqqat markazida bo‘lgan Ohak zavodining 2-kuydirish liniyasida beton yotqizish, temir-beton fundamentlari montaji, tasmali konveyerni tiklash, qabul bunkerini bunyod etish amallari yakuniga yetkazildi. Kar'erlar avto o‘ziag‘dargichlari uchun ehtiyot qismlar ishlab chiqarish va texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha “HG AMMC” MChJ qo‘shma korxonasi qurilishi ham kuni kecha boshlab yuborildi. Bundan tashqari, ayni kunlarda mazkur ob’yektda yer qazish va qurilish maydonini tayyorlash ishlariga kirishilgan. Rux zavodida yangi SK-6 sexini qurilishi ham boshlanib, kotlovan uchun yer jinslarini olib chiqish yakunlandi, fundament-karkas ishlari qizg‘in davom ettirilmoqda. 100 dan ziyod anker boltlari uchun montaj vazifalari bajarib bo‘lindi. Mazkur obyektda ishlar kecha-yu kunduz tashkil etilgan.

Behruz Aliboyev rahbariligi ostida mehnat qilayotgan Nurmuhammad Omonov, Qudrat Abdusattorov, Nodir Abdullayev, Ziyovuddin Abdimo‘minov kabi quruvchilarimiz yangi ob’yektda kundan-kunga sur’atlarni oshirib borishayapti.

Hasan ABDULLAEV yozib oldi

Bo`lishmoq:
Text to speech