Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

“Ogohlik davr talabi”

20 Avgust 2025, 16:4 489

Ijtimoiy obyektlar boshqarmasi xodimlarning huquqiy savodxonligini oshirish, ularni turli xavf-xatarlardan ogoh etish maqsadida “Ogohlik davr talabi” mavzusida davra suhbatlari tashkil etildi. Tadbirda boshqarmaning turli bo‘linmalar rahbarlari va ishchi-xodimlari faol ishtirok etdilar.

Davra suhbatida so‘zga chiqqan Olmaliq ixtisoslashtirilgan prokuraturasi prokurori, adliya maslahatchisi Rasul Matxalikov tomonidan jamiyatda dolzarb bo‘lib turgan bir qator masalalar yoritib berildi. Jumladan, korrupsiyaga qarshi kurashish, giyohvandlik vositalarining salbiy oqibatlari, ularning inson salomatligi va kelajagi uchun tug‘diradigan xavflari haqida atroflicha tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, bugungi kunda tez sur’atlar bilan rivojlanib borayotgan raqamli texnologiyalar bilan bog‘liq muammolardan biri bo‘lgan kiberjinoyatlar masalasi ham keng yoritildi.  Xodimlarga internet tarmog‘ida sodir etilayotgan firibgarliklar, noqonuniy axborot tarqatish va turli turdagi xakerlik hujumlaridan himoyalanish choralari yuzasidan muhim tavsiyalar berildi.

Davra suhbatida alohida e’tibor virtual o‘yinlar va ularning xavfli jihatlariga qaratildi. Tavakkalchilikka asoslangan, insonni moliyaviy hamda psixologik zarar yetkazadigan onlayn o‘yinlar yoshlar ongini zaharlashi mumkinligi ta’kidlandi. Shu sababli bunday o‘yinlarga berilib ketishning oldini olish, bo‘sh vaqtni foydali mashg‘ulotlarga sarflash zarurligi xodimlar e’tiboriga havola qilindi.

Tadbir davomida xodimlarga mavzuga oid maxsus tayyorlangan targ‘ibot materiallari ham tarqatildi. Bu esa ularga suhbat davomida berilgan bilimlarni amaliyotda yanada mustahkamlash imkonini berdi.

Alisher Usmonov,

Ijtimoiy obyektlar boshqarmasi Yoshlar ittifoqi raisi

Bo`lishmoq:
Text to speech