• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

OKMK 1-chorakda 129,8 mln dollarlik mahsulot eksportini amalga oshirdi

08 Aprel 2024, 10:17 1214

Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tomonidan joriy yilning 1-choragida 129 860 000 dollarlik mahsulotlari eksporti amalga oshirilib, prognoz 106,9%ga bajarildi.

1-chorakda xorijlik importyorlarga 11 324 tonna mis mahsulotlari(116,7%), 7 163 tonna rux mahsulotlari(103,8%) yuborilgan.

Shuningdek, reniy, kadmiy, mis kuporosi, palladiy kukuni, molibden mahsulotlari, qo‘rg‘oshin konsentrati kabi mahsulotlar eksportida ham prognozlar bajarilishi ta'minlangan.

Ma'lumot uchun: kombinat mahsulotlari 20 dan ortiq davlatlarga eksport qilinmoqda. Yildan yil mahsulotlar eksport geografiyasi kengaymoqda. Jumladan, 2023-yilda mis katankasi va mis kuporosi eksportida yangi bozorlar – Amerika Qo‘shma Shtatlari, Meksika va Finlyandiya kabi davlatlar o‘zlashtirildi.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech