"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar eksporti borasida ham 2023-yilning 1-choragida yuqori natijalar qayd etildi.
Xususan, 2023-yil yanvar-mart holati bo‘yicha 174,7 mln dollar miqdorida mahsulot eksporti amalga oshirilib, reja 100,4%ga bajarildi.
Mahsulotlar kesimida olsak, 1-chorakda 12,9 ming tonna mis mahsulotlari va 8,2 ming tonna rux metalli xorijga yuborilgan.
Shuningdek, reniy, mis kuporosi, molibden va volfram mahsulotlari eksportida ham rejaviy vazifalar bajarilishi ta'minlangan.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilda kombinat mahsulotlari eksporti geografiyasi kengaydi. Yangi bozorlar – Ispaniya, Avstriya, Germaniya, Finlyandiya, Kanada, Janubiy Afrika Respublikasi va Senegal davlatlariga qiymati 14,3 mln dollarlik mahsulotlar eksporti amalga oshirildi.
OKMK Axborot xizmati