• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

OKMK 1-chorakda 239 mln dollardan ziyod eksportni amalga oshirdi

06 Aprel 2022, 8:11 1721

2022-yilning 1-choragida barcha belgilangan ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarini bajarishga erishgan Olmaliq kon-metallurgiya kombinati mahsulotlar eksportida ham samarali natijani qayd etdi.

Hisobot davrida OKMK tomonidan 239 155 000 dollarlik mahsulot eksporti amalga oshirilib, reja 155,3%ga bajarildi.

Mahsulotlar kesimida olib qaraydigan bo‘lsak, 17 978 tonna mis mahsulotlari eksport qilinib, vazifa 131,2%ga uddalangan. Shu jumladan,16845 tonna mis katodi importyorlarga yuborilib, reja 146,5%ga bajarilgan. Bundan tashqari, 1134 tonna mis quvurlari xorijlik hamkorlarga jo‘natilib, bu yo‘nalishda reja 113,4%ga bajarildi.

Shuningdek, 14122 tonna rux mahsulotlari eksporti amalga oshirilib, reja 176,5%ga bajarilgan.

Qurilishda keng qo‘llaniladigan sement eksportida ham salmoqli natija qayd etildi. Xorijlik hamkorlarga 57 335 tonna sement yuborilib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 205,1%lik o‘sish sur'atiga erishildi.

Molibden mahsulotlari eksportida ham yuqori natija kuzatilmoqda. Bu yo‘nalishda reja 173,9%ga bajarilib, 209 tonna mahsulot xaridorlarga yetkazib berildi.

Bundan tashqari, 7931 tonna qo‘rg‘oshin konsentrati ham eksport qilingan.

Hozirgi kunda kombinat mahsulotlarining eksport geografiyasi Turkiya, Rossiya Federatsiyasi, Belarus, Qozog‘iston, Bolgariya, Ozarbayjon, Qirg‘iziston, Ukraina, Polsha, Tojikiston, Indoneziya, Niderlandiya, Xitoy, Turkmaniston, Afg‘oniston kabi davlatlarni qamrab olgan.

OKMK Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech