"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Olmaliq kon-metallurgiya kombinati mehnat jamoasi tomonidan barcha ishlab chiqarish prognozlari bajarilishi barobarida mahsulotlar eksporti bo‘yicha ham ko‘zlagan natijalarga erishildi.
Jumladan joriy yilning 11 oyida kombinat tomonidan eksport prognozi 102,5%ga bajarilishi ta’minlandi. O‘tgan davr mobaynida xorijga 460 582 000 dollarlik mahsulotlar eksporti amalga oshirildi.
Mahsulotlar kesimida oladigan bo‘lsak, joriy yilning yanvar-noyabr holatiga ko‘ra xorijga 39 590 tonna mis mahsulotlari, 21 497 tonna rux mahsulotlari yetkazib berildi.
Bundan tashqari, reniy, kadmiy, mis kuporosi, palladiy kukuni kabi mahsulotlarning eksporti bo‘yicha ham belgilangan prognozlar ado etilgan.
Ma’lumot uchun hozirgi kunda kombinat mahsulotlari 19 ta davlatga eksport qilinmoqda.
OKMK Sotish va metallurgiya xom ashyosi ta’minoti boshqarmasi