• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

OKMK 4-O‘zbekiston xalqaro kon-metallurgiya forumida ishtirok etmoqda

03 Noyabr 2022, 13:41 1238

Xabaringiz bor, kecha poytaxtimizda IV UIMF - Uzbekistan International Mining & Metals Forum 2022 - IV O‘zbekiston xalqaro kon-metallurgiya Forumi o‘z ishini boshladi.

Unda OKMK boshqaruv raisining Raqamlashtirish bo‘yicha o‘rinbosari Abdulla Azizov spiker sifatida ishtirok etdi.

Forum doirasida A.Azizov “Kon-metallurgiya sanoatining raqamli rivojlanishi” Smart Mining panel sessiyasida OKMKda raqamli transformatsiya, raqamli optimizatsiya, kon jarayonlarini avtomatlashtirish mavzularida ishtirokchilarga ma'lumot berib o‘tdi.

Hozirda OKMKda raqamlashtirish borasida samarali ishlar olib borilmoqda.

“SIEMENS” va “SAP” (Germaniya), “AVEVA” va “Datamine” (Buyuk Britaniya), “Schneider Electric” (Fransiya) va boshqa xalqaro kompaniyalari bilan imzolangan 10 dan ziyod raqamlashtirish bo‘yicha anglashuv memorandumlari tuzilib, dunyoning yirik tog‘-kon metallurgiya kompaniyalari tomonidan raqamlashtirish sohasida amalga oshirilayotgan tashabbuslari o‘rganildi.

Jumladan, kelgusida Angren kon boshqarmasida kon dispetcheri tizimi ishga tushirilib, shaxtalarda 44 dan ortiq transport va texnik vositalar ishini monitoring qilish hamda 759 nafar xodimlarni himoya qilish va sifatli aloqa bilan ta'minlash imkoniyati yaratiladi.

“Qalmoqqir” va “Yoshlik I” konlarida ishlarini bajarishda tezkor boshqaruv tizimi joriy etilishi hisobiga tog‘ jinsini tashish hajmi 10 foizga oshib, kon texnikalaridan foydalanish xarajatlari 5-6 foizga, yonilg‘i sarfi 9 foizga kamaytiriladi.

OKMK Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech