Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tomonidan joriy yilning 5 oyi davomida 296 224 ming dollarlik mahsulot eksporti amalga oshirilib, rejaviy vazifa 101,2%ga bajarildi.
Mahsulotlar kesimida 25 037 tonna mis mahsulotlari eksport qilingan holda, vazifa 101,8%ga ado etilgan. Shuningdek, 14 117 tonna rux mahsulotlari xorijiy iste’mochilarga yuborilgan.
Molibden mahsulotlari eksporti rejasida 138,9%lik natija qayd etilib, 386 tonna ushbu mahsulot xorijga joʻnatilgan.
Shuningdek, xorijga reniy, mis kuporosi, palladdiy kukuni, qoʻrgʻoshin konsentrati kabi mahsulotlar ham eksport qilingan.
Oʻtgan yilda kombinat mahsulotlari eksporti geografiyasi kengaydi. Yangi bozorlar – Ispaniya, Avstriya, Germaniya, Finlyandiya, Kanada, Janubiy Afrika Respublikasi va Senegal davlatlariga qiymati 14,3 mln. dollarlik mahsulotlar eksporti amalga oshirildi.
Shuningdek, 2022 yilda OKMKda ishlab chiqarilgan mis konsentratlari iborat birinchi konteyner blok poezdi Bolgariyaning Burgas shahriga yuborildi.
Axborot xizmati