"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Olmaliq kon-metallurgiya kombinati mehnat jamoasi tomonidan 2025 yil yanvar-may holati boʻyicha 193 740 000 dollarlik mahsulotlar eksporti amalga oshirilib, prognoz 103,1%ga bajarildi.
Mahsulotlar kesimida tahlil etadigan boʻlsak, oʻtgan 5 oyda 17 458 tonna mis mahsulotlari, 9 496 tonna rux mahsulotlari, 141 tonna kadmiy, 3 326 tonna mis kuporosi xorijga joʻnatilgan.
Shuningdek, reniy eksportida prognoz 370,0%ga bajarilganini alohida ta’kidlash joiz.
Ma’lumot uchun: Yildan yilga “Olmaliq KMK” AJ eksport geografiyasi kengayib bormoqda. Hozirda kombinat mahsulotlari 19 ta davlatga eksport qilinmoqda. 2024 yilda bir qator yangi bozorlar oʻzlashtirildi. Jumladan, Gvineya, Senegal, Serbiya, Janubiy Afrika Respublikasi, Portugaliya kabi davlatlarga mis katankasi va mis kuporosi eksporti amalga oshirildi.
Axborot xizmati