• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

OKMK 543,9 mln dollarlik eksportni amalga oshirdi

05 Iyul 2022, 15:44 1189

Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tomonidan birinchi yarim yillik natijalariga ko‘ra, eksport ko‘rsatkichlari oshig‘i bilan bajarildi.

OKMK tomonidan 2022 yil yanvar-iyun holatiga 543 888 000 dollarlik mahsulot eksporti amalga oshirilib, rejaviy vazifa 138,2%ga bajarilganini alohida ta'kidlash joiz.

Mahsulotlar kesimida olib qaraydigan bo‘lsak 39459 tonna mis mahsulotlari eksport qilinib, reja 115,4%ga uddalangan.

36907 tonna mis katodi importyorlarga yuborilib, vazifa 128.6 %ga bajarildi.

Mis quvurlari eksportida reja 102,1%ga bajarilib, 2552 tonna ushbu mahsulot xaridorlarga yetkazib berilgan.

Rux metali eksportida 30147 tonnalik natija qayd etilgan. Reja esa 131.1%ga bajarilgan.

Kadmiy metalli eksportida ham yuqori raqamlar kuzatilgan. Ushbu metall eksporti rejasi 188%ga bajarilib, 188 tonna mahsulot importyorlarga jo‘natilgan.

Molibden mahsulotlari eksportida ham yuqori natijalar qayd etilgan. Xususan, reja 160.9%ga bajarilgan holda, 418 tonna mahsulot xaridorlarga sotilgan.

O‘tgan birinchi yarim yillikda 13962 tonna qo‘rg‘oshin konsentrati eksporti amalga oshirilib, reja 151.8%ga bajarilganini alohida ta'kidlash joiz.

Bundan tashqari, 4398 tonna mis kuporosi eksport qilinib, rejaviy vazifa 106.5%ga ado etilgan.

Ma'lumot o‘rnida shuni aytish mumkinki OKMK mahsulotlari asosan Turkiya, Rossiya Federatsiyasi, Belarus, Qozog‘iston, Bolgariya, Ozarbayjon, Qirg‘iziston, Ukraina, Pol'sha, Tojikiston, Indoneziya, Niderlandiya, Xitoy, Turkmaniston, Afg‘oniston kabi davlatlarga eksport qilinmoqda.

Shuningdek, kombinat mahsulotlari  endilikda yangi bozorlarga - Surinam, Keniya, Avstraliya, Litva, Gruziya, Portugaliya, Kanada, Avstriya, Ispaniya, Finlyandiya, Marokash va Singapurga  ham eksport qilinmoqda.

Ushbu davlatlar asosan mis mahsulotlarini xarid qilishmoqda.

OKMK Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech