Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Avval xabar berilganidek, Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida baliqchilik sohasida Xitoy tajribasi qoʻllanilmoqda. Bu borada esa aynan sohada yetakchi boʻlgan Haida Fishery xorijiy kompaniyasi mutaxassislari bilan hamkorlik yoʻlga qoʻyilgan.
Bugungi kunda Iste’mol mollari ishlab chiqarish boshqarmasining «Qiziloy» baliqchilik xoʻjaligida baliqchilikni rivojlantirishda Xitoy tajribasi qoʻllanilib, hozirda 4 gektarlik suv havzasida 3000 kg sazan va 400 kg doʻngpeshona turidagi baliq chavoqlari tajriba sifatida yetishtirilmoqda.
Sohada olib borilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida joriy yilning 3 iyun kuni OKMKga «O’zbekbaliqsanoat» uyushmasi raisi Omon Musaev hamda Haida Fishery xorijiy kompaniyasi rahbari Xe Tong tashrif buyurishdi.
OKMK rahbariyati va mehmonlar oʻrtasida oʻtkazilgan muzokaralarda kombinatda baliqchilikni rivojlantirish, ekoturizmni yoʻlga qoʻyish masalalari muhokama qilindi. Ayniqsa, bu borada kombinatda keng imkoniyatlar mavjudligi ta’kidlandi.
Shuningdek, mehmonlar «Qiziloy» baliqchilik xoʻjaligida zamonaviy Xitoy usulida yetishtirilayotgan baliq boqish usuli bilan yaqindan tanishdilar.
Haida Fishery xorijiy kompaniyasi vakillari tomonidan mazkur xoʻjalikda intensiv ravishda baliqchilikni rivojlantirish boʻyicha bir qator taklif va tavsiyalar berildi
Xorijiy hamkorlar bilan baliq yetishtirishda Xitoy usulining qoʻllanilishi bir qator afzalliklarga ega. Jumladan, 200-250 grammlik baliq chavoqlari 6 oy vaqt mobaynida 1.05 kg atrofida vazn toʻplashadi. Bugungi kunda baliqchilik xoʻjaligida baliqlarni zamonaviy usulda oziqlantirish uchun avtokarmushka va ayratur uskunalari mutaxasislar tomonidan oʻrnatilmoqda.
Xalqimizda luqmai halol nomi bilan sevib iste’mol qilinuvchi baliqlar kombinat ishchi-xodimlarining dasturxoniga yetkazib berilishi koʻzda tutilgan.
Abduvohid Shodiev,
IMICHB boshligʻining ishlab chiqarish boʻyicha oʻrinbosari