"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 09Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 09Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Olmaliq kon-metallurgiya kombinati mehnat jamoasi tomonidan 2026-yilning birinchi yarim yilligida barcha belgilangan ishlab chiqarish prognozlari bajarishiga erishildi.
Xususan, 2026-yil yanvar-iyun holatiga ko‘ra, 30,9 trln so‘m tovar mahsulotlari ishlab chiqarilib, prognoz 133,3 foizga bajarildi. Kombinatning asosiy mahsuloti bo‘lgan mis katodini ishlab chiqarish prognozi 100,0 %ga ado etildi.
Birinchi yarim yillikda 493,4 mln dollarlik mahsulotlar eksporti amalga oshirilib, prognoz 148,6%ga bajarildi.
2026-yil uchun Investitsiya dasturiga “Olmaliq KMK” AJ bo‘yicha 7 ta yirik loyiha doirasida 294,6 mln dollar mablag‘larini o‘zlashtirilishi belgilangan bo‘lib, 6 oyda 142,8 mln dollar miqdorida investitsiyalar o‘zlashtirildi. Prognoz 101,9 %ga bajarilishi ta’minlandi.
Mahalliylashtirish dasturi ham kombinatda samarali amalga oshirilmoqda. 2026-yilda dastur bo‘yicha 1511,1 mlrd so‘mlik 40 ta loyihani amalga oshirish ko‘zda tutilgan.
O‘tgan 6 oyda 35 ta loyiha asosida mahalliylashtirilgan mahsulotlar ko‘rsatkichi 649,8 mlrd so‘mni yoki prognozga nisbatan 102,1 foizni tashkil etdi.
2026-yilga mo‘ljallangan ishlab chiqarish xarajatlarini qisqartirish bo‘yicha tashkiliy-texnik chora-tadbirlar kompleksi ishlab chiqilgan bo‘lib, unda ishlab chiqarish xarajatlarini 2301,5 mlrd so‘mga yoki 13,2 foizga qisqartirish ko‘zda tutilgan.
Birinchi yarim yillik yakunlari bo‘yicha ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish chora-tadbirlari kompleksini amalga oshirishdan kutilayotgan natija 1148,2 mlrd so‘mni yoki 14,2 foizni tashkil etishi kutilmoqda.
Shuningdek, kombinat tomonidan birinchi yarim yillikda byudjetga 16,0 trln so‘m mablag‘ to‘lab berildi.
Axborot xizmati