• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

OKMK: birinchi yarim yillikda 361,9 million dollarlik eksport amalga oshirildi

10 Iyul 2023, 8:10 1795

Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tomonidan joriy yilning birinchi yarim yilligida 361 million 994 ming dollarlik mahsulot eksporti amalga oshirildi. Reja 100,4%ga bajarildi.

Mahsulotlar kesimida oladigan bo‘lsak, 30012 tonna mis mahsulotlari, 17549 tonna rux mahsuloti eksport qilindi.

446 tonna molibden mahsulotlari eksport qilinib, rejaviy vazifa 132,8 foizga bajarilgan.

Shuningdek, xorijga reniy, mis kuporosi, palladiy kukuni, qo‘rg‘oshin konsentrati kabi mahsulotlar ham eksport qilingan.

O‘tgan yilda kombinat mahsulotlari eksporti geografiyasi kengaydi. Yangi bozorlar – Ispaniya, Avstriya, Germaniya, Finlyandiya, Kanada, Janubiy Afrika Respublikasi va Senegal davlatlariga qiymati 14,3 million dollarlik mahsulotlar eksporti amalga oshirildi. Shuningdek, 2022-yilda OKMKda ishlab chiqarilgan mis konsentratlaridan iborat birinchi konteyner blok poezdi Bolgariyaning Burgas shahriga yuborildi.

OKMK Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech