• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

OKMK bog‘chalarida “Ayolga ehtirom” haftaligi

06 Mart 2024, 9:41 176

8 mart – xalqaro Xotin-qizlar kuni munosabati bilan OKMKda o‘tkazilayotgan “Ayolga ehtirom” haftaligi doirasida tarkibiy bo‘linmalarda turli xil tadbirlar tashkil etilayapti.

Jumladan, Ijtimoiy ob'yektlar boshqarmasi tasarrufidagi 31-sonli maktabgacha ta'lim tashkilotida “Zakovat” intelletul o‘yini o‘tkazildi.

Unda "Lady", “Begoyimlar”, “Bahor malikasi” kabi jamoalari bellashdi. Natijalarga ko‘ra, “Begoyimlar” jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Shuningdek, 18-sonli MTTda "Sog‘lom ayol - sog‘lom kelajak " shiori ostida sport tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda qatnashchilar bilan musiqa ostida badan tarbiya mashqlarini bajarishdi. Quvnoq estafetalar o‘tkazilib, barchaga bayramona kayfiyat ulashildi.

Bu kabi sport tadbiri 35-sonli MTTda “Sport – sog‘lik garovi” shiori ostida tashkillashtirildi.

9-sonli maktabgacha ta'lim tashkilotida esa "Ayol - nafosat ramzi" mavzusida ma'naviyat soati o‘tkazildi.

Tadbirda bog‘cha xodimlari tomonidan o‘zbek ayollari ta'riflandi. Jadidchilik harakati davrida kashshof ayollar haqida ma'lumotga ega bo‘lishdi. O‘zbek she'riyati timsoli Zulfiyaxonim qalamiga mansub she'rlar o‘qildi. 

O‘zbek ayollarining matonati, sadoqati, ma'naviyati va boshqa fazilatlari jahon miqyosida ta'rifu taxsinlarga munosibligi ta'kidlandi.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech