Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

OKMK bogʻchalarida yozgi sogʻlomlashtirish mavsumiga start berildi

23 Iyun 2025, 9:16 987

Yozning issiq kunlari boshlanishi bilan Ijtimoiy ob’yektlar boshqarmasi tassarufidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida yozgi sogʻlomlashtirish mavsumiga start berildi.

Mavsum boshlanishi munosabati bilan Joriy yilning 20-iyun kuni 21-sonli “Turnacha” MTTda namunali tadbir tashkil etildi.

Tadbirda IOB boshligʻi Saviya Tagirova hamda maktabgacha ta’lim tashkilotlari mudiralari ishtirok etishdi.

Bolajonlar uchun turli ertak qahramonlari ishtirokida tashkil etilgan Neptun bayramida ochiq osmon ostidagi kichik suv havzasi foydalanishga topshirildi. Tadbir davomida bolajonlar ishtirokidagi kontsert dasturi ham namoyish etildi.

IOB Maktabgacha ta’lim boʻlimi boshligʻi v.b Ozoda Kamolovaning ta’kidlashicha, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2025-yil 19-maydagi 162-sonli buyrugʻiga asosan, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida yozgi sogʻlomlashtirish mavsumini sifatli va samarali oʻtkazish maqsadida buyruq ishlab chiqildi. Ushbu buyruqqa asosan, kombinat bogʻchalaridagi bolajonlarni intelluktual salohiyatli, jismonan sogʻlom boʻlib rivojlanishlari uchun barcha zarur shart-sharoitlarni yaratish uchun tavsiyanomlar tayyorlandi. Ushbu tavsiyanomalarga koʻra, kombinatning 15 ta bogʻchalarida ham mavsumni samarali oʻtkazish maqsadida, otaliq tashkilotlar bilan qizgʻin tayyorgarlik koʻrildi. Har bir bogʻchadagi mavsumda faoliyati jarayonini ochiq osmon ostida oʻtkazilishi rejalashtirildi. 10 kunlik mavsumiy taomnoma asosida bolajonlar ovqatlantiriladi. Ovqatlanish ratsionida ovqatlarning kaloriyasiga ham alohida e’tibor qaratiladi.

Bundan tashqari, bolalarning yozgi mavsumda bolajonlar uchun koʻngilochar oʻyinlar tashkil etiladi. Oʻyin maydonchalarining bayramona yasatilishi ham bolajonlarda estetik did va ma’naviy rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi.

Shuningdek, mavsum davomida mavzuli rejalashtirish asosida hafta va oy nomlaridan kelib chiqib, tarbiyachilar ochiq havoda ta’limiy oʻyinlarni tashkil etishadi. Ayniqsa, bolajonlar uchun tashkil etiladigan chiniqtirish muolajalari – quyosh vannasi, massaj yoʻlaklari, havo vannasi, suv havzalarida choʻmilishlari ularni sogʻlom oʻsishlarida katta rol oʻynaydi.

21-sonli MTTga Kovuldi koni biriktirilgan boʻlib, ushbu tashkilot tomonidan bogʻcha hududi obodonlashtirilib, bino tashqi fasadi, basseyn, devorlar ta’mirlandi. Hozirda 12 ta shiyponchalar ta’mirlanmoqda.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech