Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Mamlakatimizda o‘quv yili yakunlanishi bilan yozgi bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlari o‘z faoliyatini boshlaydi.
Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tasarrufidagi bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlari ham bu yilgi mavsumga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rishdi.
Jumladan, Bo‘stonliq tumanida joylashgan “Metallurg” BSO bu yilgi mavsumni rasman 12-iyun sanasidan boshlaydi. Ushbu oromgoh 5ta smenada jami 1000 nafar bolajonlarni o‘z bag‘riga qabul qiladi.
Bo‘stonliq tumanidagi yana bir oromgoh “Gulzor” esa 14-iyun sanasidan boshlab bolajonlarni qabul qiladi. “Gulzor”da jami bo‘lib bu yilgi mavsumda 2000 nafar bolajon miriqib dam olishi ko‘zda tutilgan.
Jizzax viloyatining Zomin tog‘lari orasida joylashgan “Istiqlol” BSO 10-iyun sanasidan boshlab o‘z faoliyatiga start beradi. Bu yerda 5 smenada 1000 nafar bolajonlar dam olishi rejalashtirilgan.
Qo‘shni Piskent tumanidagi “Tong” BSOda ham mavsumga qizg‘in tadorik ko‘rildi. Bu yerda esa mavsum 16-iyundan ochilib, mavsum davomida 1000 nafar o‘g‘il-qiz yozgi ta'tilni maroqli o‘tkazishadi.
Xondiza kon boshqarmasi ishchi-xodimlarining farzandlariga xizmat ko‘rsatuvchi “Xondiza- Parvoz” bu yilgi mavsumda o‘z bag‘riga 200 nafar bolajonni qamrab olgan holda mavsumni 3-iyul sanasidan boshlaydi.
Bu yilgi yozgi ta'til davrida kombinat ishchi-xodimlarining 8-14 yoshdagi 5200 nafar farzandlari bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlarida dam olishi rejalashtirilgan.
Axborot xizmati