• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 71) 619-23-33
  • Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 71) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

OKMK bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlari qachon mavsumni boshlaydi?

23 May 2025, 8:19 166

(Fotolar arxivdan)

Mamlakatimizda o‘quv yili yakunlanishi bilan yozgi bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlari o‘z faoliyatini boshlaydi.

Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tasarrufidagi bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlarida ham bu yilgi mavsumga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rilmoqda.

Jumladan, Bo‘stonliq tumanida joylashgan “Metallurg” BSO bu yilgi mavsumni rasman 11-iyun sanasidan boshlaydi.  Ushbu oromgoh 4 ta smenada jami 800 nafar bolajonlarni o‘z bag‘riga qabul qiladi.

Bo‘stonliq  tumanidagi yana bir oromgoh “Gulzor” esa  13-iyun sanasidan boshlab bolajonlarni qabul qiladi. “Gulzor”da jami bo‘lib bu yilgi mavsumda 1800 nafar bolajon miriqib dam olishi ko‘zda tutilgan.

Jizzax viloyatining Zomin tog‘lari orasida joylashgan “Istiqlol” BSO 9-iyun sanasida boshlab o‘z faoliyatiga start beradi. Bu yerda 4 smenada 800 nafar bolajonlar dam olishi rejalashtirilgan.

Qo‘shni Piskent tumanidagi “Tong” BSOda ham mavsumga qizg‘in tadorik ko‘rildi. Bu yerda esa mavsum 14-iyundan ochilib, mavsum davomida 600 nafar o‘g‘il-qiz yozgi ta'tilni maroqli o‘tkazishadi.

Xondiza kon boshqarmasi ishchi-xodimlarining farzandlariga xizmat ko‘rsatuvchi “Xondiza- Parvoz” bu yilgi mavsumda o‘z bag‘riga 200 nafar bolajonni qamrab olgan holda mavsumni 1-iyul sanasidan boshlaydi.

Bu yilgi yozgi ta'til davrida kombinat ishchi-xodimlarining 7-14 yoshdagi 4200 nafar  farzandlari bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlarida dam olishi rejalashtirilgan.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech