• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

OKMK bunyodkorlari kasb bayramlarini nishonlashdi

12 Avgust 2022, 16:55 1868

Mamlakatimizda bunyodkorlik ko‘lami yildan-yilga kengayib bormoqda. Yangi uy-joylar, madaniy-maishiy obyektlar, yirik zavodlar, zamonaviy infratuzilma obyektlari qurilmoqda. Ushbu bunyodkorlik ishlarida albatta quruvchilarning roli katta. Yurtimizda har yili avgust oyining ikkinchi yakshanbasi O‘zbekiston Respublikasi qurilish sohasi xodimlari kuni sifatida nishonlanadi. Yirik sanoat korxonasi bo‘lgan Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tarkibida ham ushbu soha vakillari mehnat qilishadi. Sana munosabati bilan bugun kombinatda mehnat qilayotgan soha vakillari uchun Olmaliq shahridagi “Tojmahal” tantanalar majmuida bayram tadbiri tashkil etildi.

Bayram tadbirida ishtirok etgan OKMK rahbariyati tomonidan soha vakillar samimiy muborakbod etildi. Olmaliq kon-metallurgiya kombinati boshqaruvi raisining buyrug‘iga ko‘ra, sana munosabati bilan “Olmaliqmetallurgqurilish” tresti, Ixtisoslashtirilgan ta'mirlash ishlari boshqarmasi, Kapital qurilish ishlari boshqarmasi va Loyiha ishlari boshqarmasining bir guruh ishchi-xodimlariga turli darajadagi “Konchilik shuhrati” ko‘krak nishoni, qimmatbaho sovg‘alar, Faxriy Yorliqlar tuhfa etildi.

Shuningdek, ko‘p yillar davomida qurilish sohasida mehnat qilib, hozirda keksalik gashtini surayotgan bir guruh faxriylarga minnatdorchilik bildirilib, esdalik sovg‘alari topshirildi.

Sana munosabati 6-7 avgust kunlari bilan “Olmaliqmetallurgqurilish” trestining 30 yoshgacha va 30 yoshdan yuqori yoshdagi ishchi-xodimlar o‘rtasida mini futbol bo‘yicha musobaqa tashkil etilgan edi. Bugungi tadbirda ushbu musobaqa g‘oliblari ham rag‘batlantirildi.

“Metallurg” madaniyat markazining ijodiy guruhlari tomonidan tayyorlangan konsert dasturi barchaga bayramona kayfiyat ulashdi.  “Iste'dod“ va “Aziya Tashkent” guruhlari tomonidan ijro etilgan sho‘x-shodon taronalar quruvchilarni raqsga chorladi.

Ma'lumot o‘rnida aytish mumkinki, bugungi kunda kombinat tarkibida qurilish sohasida “Olmaliqmetallurgqurilish” tresti, Ixtisoslashtirilgan ta'mirlash ishlari, Kapital qurilish ishlari va Loyiha ishlari boshqarmalari kabi korxonalari faoliyat yuritib keladi.

Nafaqat kombinat tarsarufidagi korxona va takilotlar, balki  respublikamizning turli  hududlarida  aynan OKMK bunyodkorlari tomonidan  qad rostlagan madaniy-maishiy va ijtimoiy obyektlar yuqori e'tirofni qozona oldi. So‘nggi yillarda trest bunyodkorlari kapital qurilish obyektlarida ko‘zda tutilgan qurilish-montaj ishlarini bosh pudratchi tashkiloti sifatida yuksak natijalarni qo‘lga kiritib kelmoqda, Ayniqsa mamlakatimiz investision dasturlaridan o‘rin olgan ob'ektlarda amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlarining ko‘lami salmoqli bo‘lmoqda. Kombinat quruvchilari tomonidan kapital qurilish va kapital ta'mir ob'ektlarida shu kunlarda amalga oshirilgan ishlarga nazar tashlaydigan bo‘lsak bir qator e'tirofga sazovor  yutuqlarga guvoh bo‘lamiz. “Yoshlik” koni negizida “Olmaliq KMK” AJning ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident Qarori asosida qurilayotgan “Texnologik” nimstansiyasida ishlar  so‘ngi bosqichga kirdi. Mazkur loyiha doirasida yangi 5-Sul'fat kislotasi sexini qurish ishlariga kirishilib shu kunga qadar 64 504 454 157  so‘mlik  mablag‘lar o‘zlashtirilishiga muvaffaq bo‘lindi. Trestning 1-,2-,3- qurilish boshqarmalari va 3- qurilish uchastkasi tomonidan Angren  kon boshqarmasi Oltin saralash fabrikasining 2-chiqindilarni to‘plash  havzasi foydalanishga topshirilishi bilan bir qator  masalalar o‘z iqtisodiy yechimini topdi. Angren KB da olib borilayotgan qayta jihozlash. Fabrikaga  yangi texnologiyalarni, jumladan markazga intilma konsentratni olish texnologiyasini joriy etilishiga ham  anrenlik konchilarning oldida yangi ufqlarni ochadi. Chodak kon boshqarmasida yangi tarozixonaning foydalanishga topshirilishi  rudalarni qabul qilib olish va uning hisobini olib borishda umuman yangi tizim joriy etilishiga xizmat qildi.

Flotasiyali boyitish frontini kengaytirish maqsadida OKMKning  asosiy boyitish korxonasi bo‘lgan Mis boyitish fabrikasidagi 5- va 7-monaseksiyalarni texnik qayta jihozlash maqsadida qurilish -montaj ishlari  yuqori sur'atlarda olib borilmoqda. Shu bilan bir qatorda MBF va MEZ ma'muriy-maishiy binolarni kapital ta'mirlash ishlari o‘zining so‘ngi bosqichiga kirdi. “Moviy tog‘lar” dam olish zonasida bir qavatli yashash uylarini qurish, “Istiqlol” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida olib borilayotgan qurilish ta'mir ishlarini ham yakunlashga muvaffaq bo‘lgan quruvchilarimiz o‘z kasb bayramlarini munosib kutib olishmoqda. Kombinat bunyodkorlari tomonidan shu kungacha  kapital qurilish va ta'mir obyektlarida 133 957 463 682 so‘mlik ishlar bajarilishiga muvaffaq bo‘lindi.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech