• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

OKMK dalalarida gʻalla oʻrimiga start berildi

08 Iyun 2023, 10:21 1812

Mavsumga munosib tayyorgarlik koʻrish va uni yuqori saviyada tashkil etish maqsadida OKMK  tomonidan tashkil etilgan ishchi guruh va Iste’mol mollari ishlab chiqarish boshqarmasi Qishloq xoʻjaligi boʻlimi tomonidan erta tongdan bug’doy hosili yetishtirilgan dala maydonida mirishkor dehqonlar uchun dasturxon tashkil etilib, doshqozonda osh damlandi.

Mavsum oldidan nuroniy otaxonlar Yaratgandan yurt tinchligini, hosil barakasini soʻrashib, Qur’on tilovat qilishdi.

OKMK tomonidan tashkil etilgan ishchi guruh va Olmaliq shahar Yongʻin xavfsizligi boʻlimi  xodimlari tomonidan gʻalla oʻrim mavsumida eng avvalo, xodimlarning mehnat va yongʻin xavfsizligi qoidalariga rioya qilishlari toʻgʻrisida  targʻibot suhbati oʻtkazildi.

Tadbirda OKMK boshqaruvi raisining Xodimlar va ijtimoiy masalalar boʻyicha oʻrinbosari Sa’di Shermatov ishtirok etdi.

Bugungi kunda gʻalla yigʻim terim mavsumiga  4 oʻrim kombayni va 1 ta Yongʻin xavfsizligi texnika vositasi, 2 ta haydov traktorlari hamda 10 ta maxsus don tashishga moslashgan texnikalar jalb qilindi.

Piskent tumani «Mustaqil O’zbekiston» MFY hududida yetishtirilgan bugʻdoy notekis yoʻllardan 2 ta 10 tonnalik traktorlar tomonidan dala maydonidan olib chiqilib maxsus tayyorlangan maydonga yetkazib berilmoqda. Va bu joydan ATB tomonidan ajratilgan maxsus texnikalar tomonidan  3500 tonnalik omborga olib kelinmoqda.

Gʻalla oʻrimi 25-30 kun atrofida oʻtkazilishi koʻzda tutilgan.

Ma’lumot uchun: Bu yilgi mavsumda Piskent tumanida 300 gektar yer maydoniga,  Ohangaron tumanida  315 gektar yer maydoniga bugʻdoy ekilgan.

 A. Shodiev,

IMICHB boshligʻining ishlab chiqarish boʻyicha oʻrinbosari

Bo`lishmoq:
Text to speech