Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33OKMKda yoqilg‘i energetika resurslarining iqtisodi va ulardan samarali foydalanish yo‘nalishi bo‘yicha tashkiliy-texnik chora-tadbirlar ishlab chiqilib, amalga oshirilmoqda.
Jumladan, Mis boyitish fabrikasi 1-sonli maydalash sexi va 2-sonli Maydalash boyitish kompleksida mavjud elaklarning ishlab chiqarish faoliyatini saqlagan holda kam quvvatli elektr motorlar bilan almashtirish, mavjud EKG past kuchlanishli kompleks qurilmalarni (NKU) TrP-D tizimi bilan almashtirish, elektrdvigatellarda chastotali qayta rostlovchilarni joriy yetish bilan elektr uzatmalarini modernizasiya qilish, kompressor parkini modernizasiya qilish, mavjud svetodiodli ko‘cha yoritkichlarini 150 Vt kuchlanishli quyosh fotoelektr yoritkichlari bilan almashtirish ishlari olib borildi.
Shuningdek tabiiy gazni tejash bo‘yicha kombinat sanoat sexlari va ob'yektlarida issiqlik tarmoqlari hamda issiqlik energiyasidan foydalanishning gidravlik rejimini sozlash ishlari amalga oshirildi.
Natijada 2022-yilning 11 oyida 30,3 mln kVt/s elektr energiyasi, 3,7 mln metr kub tabiiy gaz iqtisodiga erishildi. Shuningdek, 25,6 mln.kub.m sanoat suvi hamda 98965 Gkal issiqlik energiyasi tejaldi.
Axborot xizmati