• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

OKMK E'tirofi-2023: Ilg‘orlarga rag‘bat

29 Dekabr 2023, 14:56 838

Bugun “Metallurg” madaniyat saroyida Olmaliq KMK” AJ ishchi – xodimlari uchun Yangi yil bayram konserti va “OKMK E'tirofi - 2023” taqdirlash marosimi o‘tkazildi.

Tadbir avvalida OKMK boshqaruvi raisining xodimlar va ijtimoiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Sa'di Shermatov so‘z olib, barchani yaqinlashib kelayotgan Yangi yil bayrami bilan samimiy muborakbod etdi.

Shundan so‘ng sport, madaniyat, OAV, ishlab chiqarish sohalarida ilg‘orlar va turli tanlovlarning g‘oliblari an'anaviy “OKMK E'tirofi - 2023” nominatsiyalari bo‘yicha taqdirlanishdi.

Jumladan, “Olmaliq KMK” AJ tomonidan o‘tkazilgan ko‘plab madaniy-ma'rifiy tadbirlarda faol ishtirok etib, ularning yuqori saviyada o‘tishiga o‘zining be'minnat hissasini qo‘shganligi uchun O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist va O‘zbekiston xalq artisti Jenisbek Piyazov hamda shoir, publisist, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a'zosi, “Do‘stlik”ordeni sohibi Shodmonqul Salom “OKMK E'tirofi- 2023” ga loyiq ko‘rildi..

Shuningdek, “Yilning eng faol yoshlar yetakchisi”, “Yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlashda eng faol bo‘lgan korxona rahbari”, “Yilning eng faol madaniyat xodimi”, “Yilning eng faol Axborot xizmati xodimi”, “Yilning eng faol ayol xodimasi”, “Yilning eng faol yosh sportchisi, “Yilning eng faol sportchilar oilasi” kabi nominatsiyalar bo‘yicha mukofotlar o‘z egalari topshirildi.

Bundan tashqari, “OKMK nufuzini yurtimiz va jahon arenalarida munosib himoya qilgan jamoalar” nominatsiyasida voleybol, gandbol bo‘yicha erkaklar jamoalari, basketbol va gandbol bo‘yicha ayollar jamoalari ham e'tirof etilishdi va ularga pul mukofotlari taqdim etildi.

“Yashil makon” umummilliy loyihasi ijrosini ta'minlash bo‘yicha eng faollar ham rag‘batlantirildi.

2023-yilda “Olmaliq KMK” AJ Yoshlar ittifoqi tomonidan o‘tkazilgan tanlov va sport musobaqalarining g‘oliblariga “OKMK E'tirofi - 2023” statuetkasi va diplomlari topshirildi.

Tadbirning badiiy qismida “Metallurg” MS ijodiy guruhlari tomonidan tayyorlangan bayram konserti barchaga xushkayfiyat ulashdi.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech