• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

OKMK ezgu ishlarga madadkor

26 Dekabr 2022, 8:38 1067

Joriy yilning iyun oyida sodir bo‘lgan kuchli yog‘ingarchilik tufayli suv toshqini yuzaga kelishi natijasida Bo‘ka tumanidagi “Toshloq” va “Istiqbol” mahallalaridagi 19ta xonadonga talofat yetgan edi.

Zudlik bilan yetkazilgan talofat oqibatlari bartaraf etishga kirishildi.

Mazkur xonadonlarni tiklash va ta'mirlash ishlariga Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tomonidan ham xomiylik ko‘rsatilganini alohida ta'kidlash joiz.

Holat yuzasidan Toshkent viloyati hokimining tegishli farmoyishiga ko‘ra, ushbu talofat yetgan uylarni tiklash uchun jami 4 mlrd 823 mln so‘m mablag‘ ajratildi.

Bugungi kunda qurilish- ta'mirlash ishlari to‘liq yakunlandi.

Mazkur mahallalardagi “Istiqlol” va “Istiqlol-2” ko‘chalariga 1,1 km uzunlikdagi sement qoplamali yo‘l va uzunligi 700 m bo‘lgan piyodalar yo‘lakchasi qurildi.

Hududni obodonlashtirish maqsadida 1200 dona mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi.

Shuningdek, aholi xonadonlarining old qismiga uzum so‘rilari ham qurilib, tokzorlar tashkil etildi.

Kuni kecha ushbu xonadonlar o‘z egalariga tantanali ravishda topshirildi.

Tadbirda ishtirok etgan Toshkent viloyati hokimi Zoir Mirzayev, OKMK boshqaruvi raisi, senator Abdulla Xursanov so‘z olib, mamlakatimizdagi islohotlar negizida inson qadri yotganini ta'kidlashdi. Va yurtdoshlarimizni har qanday sharoitda ham davlatimiz tashlab qo‘ymasligini, kulfat yetganda xalqimizning bir jonu bir tan bo‘lib bir-birini qo‘llab quvvatlashi chinakam odamiylikning namunasi ekanligini bildirishdi.

Tadbirda nuroniy otaxonlar Yaratgandan yurt tinchligini so‘rab, duoga qo‘l ochishdi.

Ta'mirlangan xonadonlarning egalari homiylarga o‘z minnatdorchiliklarini bildirishdi.

Ma'lumot o‘rnida OKMK tomonidan ta'mir ishlariga 450 tonna sement ajratilib, texnika vositalari jalb etildi.

OKMK Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech