Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

OKMK FA U-15 jamoasi Oʻzbekiston chempionatining sovrindoriga aylandi

13 Iyun 2026, 8:53 73

Kuni kecha U-15 tarbiyalanuvchilarimiz OʻFA futbol akademiyalari oʻrtasidagi Oʻzbekiston chempionatining uchinchi oʻrin uchun bahsida «Namangan» FA jamoasiga qarshi maydonga tushdi.

Murosasiz va qiziqarli kechgan uchrashuvda vakillarimiz 2:1 hisobida gʻalaba qozonib, musobaqaning bronza medallarini qoʻlga kiritdi.

Shuningdek, final uchrashuvida «Soʻgʻdiyona» FA va «Nasaf» FA jamoalari oʻzaro toʻqnash kelishdi. Asosiy vaqt 2:2 hisobidagi durang bilan yakunlandi. Penaltilar seriyasida esa omad jizzaxlik yoshlarga kulib boqdi va ular chempionlikni qoʻlga kiritishdi.

2011-yilda tugʻilgan futbolchilar oʻrtasidagi Oʻzbekiston chempionatining sovrindorlari quyidagicha koʻrinish oldi:

1-oʻrin — Soʻgʻdiyona FA (Jizzax)

2-oʻrin — «Nasaf» FA (Qashqadaryo)

3-oʻrin — OKMK FA (Olmaliq)

Shu bilan birga, yakka tartibdagi nominatsiyalar yakunlariga ko‘ra, OKMK FA darvozaboni Ayubxon Abdurahmonov chempionatning eng yaxshi darvozaboni deb eʼtirof etildi.

Fursatdan foydalanib, yosh futbolchilarimiz va murabbiylar shtabini ushbu yutuq bilan samimiy tabriklaymiz hamda kelgusidagi musobaqalarda yanada ulkan zafarlar tilaymiz!

OKMK FK matbuot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech