• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

OKMK FK U-12 yoshlarimiz xalqaro ochiq turnirda chempion bo'lishdi

09 Iyul 2024, 8:7 468

Bilamizki, mamlakatimizning turli hududlarida bolalar va o'smirlar futbolini rivojlantirish va sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish hamda yosh sportchilarning ijtimoiy faolligini oshirish maqsadida keng miqyosda musobaqalar o'tkazilib kelinadi.

Ana shunday turnirlardan biri Bo'stonliq tumanida, xususan, Toshkent viloyati futbol assotsiatsiyasi va Bo'stonliq tumani sport maktabi hamkorligida «Ertamiz egalari» shiori ostida 24 jamoa ishtirokida V xalqaro ochiq turniri bo'lib o'tdi.

Quvonarlisi, 1-iyuldan 7-iyulga qadar davom etgan musobaqada Ruslan Gamadeyev boshchiligidagi OKMK FK U-12 yoshlari ham musobaqada ishtirok etib, yorug' yuz bilan ortga qaytishdi. Bir hafta davom etgan turnirda jamoamiz vakillari guruh bosqichida 100 foizlik natija bilan pley-off bosqichiga yo'l olishdi.

Nimchorak finalda vakillarimizga Toshkent viloyati sport maktabi ro'baro' kelishdi va ular yirik 5:0 hisobida taslim etildi. Shuningdek, yoshlarimiz chorak finalda Andijonning Buloqboshi SM jamoasini 3:1 hisobida mag'lub etgan bo'lsa, yarim finalda Chirchiqning  «Kimyogar» jamoasini ham xuddi shu hisobda yengib, finalga yo'l olishdi.

Final uchrashuvida esa OKMK FK U-12 — «Asia» BFK (Toshkent) jamoalari bosh kubok uchun o'zaro bahs olib borishdi. Qiziqarli va shiddatli kechgan turnirning hal qiluvchi bellashuvida Ruslan Gamadeyev shogirdlari raqiblari ustidan 6:4 hisobida zafar quchib, turnir chempioni nomiga sazovor bo'lishdi.

OKMK FK matbuot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech