• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

OKMK futbol jamoasi muxlislarni chorlaydi

08 Avgust 2023, 12:36 1833

Qadrli futbol muxlislari, aziz millionlar o‘yinining ishqibozlari!

Sizlarni joriy yilning 11-avgust kuni OKMK o‘yingohining ochilish marosimiga taklif etamiz.

O‘zbekiston professional futbol ligasining klublarga qo‘yayotgan talablari,qolaversa, OKMK futbol klubining Osiyo Chempionlar ligasi turniri saralash bosqichidagi ishtiroki munosabati bilan OKMK sport majmuasi futbol stadioni maysalari yangilandi.

Rekonstruksiya ishlari doirasida futbol maydoniga tabiiy chim yotqizildi. Maydonning drenaj va sug‘orish tizimlari, nasoslar yangilandi.

Mazkur stadion ham OFK va FIFA talablariga to‘la javob berib, bir qancha xalqaro musobaqalarga mezbonlik qiladigan arenaga aylandi.

Ma'lumot o‘rnida: 2013-yilda foydalanishga topshirilgan OKMK sport majmuasida sportchilar uchun barcha sharoitlar muhayyo etilgan.

O‘yingohda har biri 30 nafardan futbolchi va murabbiylarga mo‘ljallangan jami to‘rtta kiyim almashtirish xonasi sportchilar xizmatida. U yerda yumshoq o‘rindiqlar, kiyim-kechaklar uchun maxsus shkaf, yuvinish xonasi, massaj xonasi va boshqa qulayliklarga ega zarur sharoitlar yaratilgan.

Stadion o‘z bag‘riga 10 000 tomoshabinni sig‘dira oladi.

Stadionning ochilish marosimidan so‘ng, taniqli estrada xonandasi Muhammadziyo ishtirokida konsert dasturi o‘tkaziladi.

Shu kuni O‘zbekiston Superligasi 16-tur doirasida OKMK va poytaxtning “Olimpik” jamoasi o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tadi.

12-o‘yinchi sifatida siz aziz futbol ishqibozlarining qo‘llab-quvvatlashi futbolchilarimizni yashil maydonda yanada shijoat bilan harakatlanish imkonini berib, g‘alabaga bo‘lgan ishonchlarini oshirishadi.

Darvoqe mazkur uchrashuvga kirish bepul.

Barcha fubol muxlislarini jamoani qo‘llab-quvvatlashga chorlab qolamiz.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech