• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

OKMK futbol jamoasi yangi tarix yaratmoqda

23 Avgust 2023, 10:40 1141

Sevimli futbol jamoamiz OKMK kecha Osiyo chempionlar ligasining pley-off o‘yinida Qatarning Al-Arabi jamoasini 1:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, o‘z tarixida ikkinchi bor guruh bosqichi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Shuni alohida ta'kidlab o‘tish lozimki, “Al-Arabi” Qatarning eng kuchli va o‘z ichki chempionatida mavsumni 2-o‘rin bilan yakunlagan va Qatar amiri kubogi musobaqasida g‘olib chiqqan jamoa sanaladi. 71 yillik tarixga ega “Al-Arabi” jamoasi kechagi bahsga juda kuchli tayyorlanib, xatto ular yaqinda mashhur “Parí Sen-Jermén” klubidan markaziy himoyachi Abdu Dialloni transfer qilishdi. Shuningdek, ushbu jamoa tarkibida kecha “Barselona”ning sobiq futbolchisi Rafinya, Suriya terma jamoasining mashhur futbolchisi Umar as-Summa, Tunis terma jamoasi futbolchisi Yussef Msakni, Ispaniyalik Simm Kedari kabi mahoratli futbolchilar OKMKga qarshi o‘ynashganini alohida ta'kidlash lozim.

Murabbiy Mirjalol Qosimov shogirdlari kechagi g‘alabadan so‘ng, OKMK jamoasi tarixida yangi sahifa yaratishmoqda.

Kechagi bahslardan so‘ng, guruh bosqichiga qur'a tashlash marosimi 24 avgust kuni Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida bo‘lib o‘tadi.

Qur'a natijalariga ko‘ra, guruh bahslari uy-safar tizimida o‘tkazilib, Olmaliq shahrida ham kamida 3ta xalqaro o‘yinlar tashkil etiladi. Yana bir muhim jihati hozirda jahon futbol yulduzlari jam bo‘layotgan Saudiya Arabistoni klublari ham OKMK sport majmuasidagi uchrashuvlarda ishtirok etish ehtimoli yuqori. Shuningdek, mashhur Krishtianu Ronalduning ham Olmaliqqa kelish ehtimoli mavjud. Buning uchun sevimli jamoamiz OKMK guruh bahslari hamda nimchorak va chorak final bahslarida zafarli odimlarini davom ettirishlari kerak bo‘ladi. O‘ylaymizki buning uchun OKMK futbolchilarida g‘ayrat va g‘alabaga bo‘lgan ishonch yetarli.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech