• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

OKMK gandbolchi ayollarida O‘ZBEKISTON KUBOGI

04 Iyul 2023, 8:52 2234

Joriy yilning 22-28 iyun kunlari Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi hamda O‘zbekiston gandbol federatsiyasining 2023-yilgi sport musobaqalari kalendar rejasiga asosan ayollar jamoalari o‘rtasida O‘zbekiston kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu musobaqada murabbiy Vladimir Mo‘minov boshchiligadigi OKMK ayollar gandbol jamoasi ham ishtirok etib, salmoqli natijalarni qo‘lga kiritdi.

Jumladan, vakilalarimiz birinchi kungi uchrashuvda Xorazm jamoasini 39-28 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Ikkinchi kuni esa O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi - 2004 jamoasi bilan o‘tkazilgan bahsda ham Vladimir Mo‘minov shogirdlari 37-24 hisobida g‘alaba qozonishdi.

Namangan jamoasi bilan kechgan uchinchi uchrashuvda ham vakilalarimiz raqiblariga hech qanday imkoniyat qoldirishmadi. Ular 47-29 hisobidagi navbatdagi g‘alabani o‘z hisoblariga yozib qo‘yishdi.

4-uchrashuvda esa Samarqand jamoasi 40-34 hisobida mag‘lub etildi.

2023-yilgi O‘zbekiston kubogi g‘olibligi uchun mezbonlar – Sirdaryo jamoasi bilan o‘tkazilgan uchrashuvda ham vakilalarimiz 33-29 hisobida zafar quchishib, kubog egasiga aylanishdi.

Shu tariqa OKMK gandbolchi ayollari 13-bora O‘zbekiston kubogini qo‘lga kiritishdi. Ularning hisobida shuningdek, 13 karra mamlakat chempionligi, 11 karra O‘zbekiston mustaqilligi kubogi, 2 karra Janubiy-Sharqiy Osiyo chempionligi hamda Osiyo chempionligi kabi yutuqlar bor.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech