Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 71) 619-23-33Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 71) 619-23-33Ma'lumki, mamlakatimizda aprel oyining birinchi yakshanbasi O‘zbekiston Respublikasi geologiya sohasi xodimlari kuni sifatida keng nishonlanib kelinadi.
Sana munosabati joriy yilning 7-aprel kuni Olmaliq kon-metallurgiya kombinati geologiya sohasi vakillarini taqdirlash tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda ishtirok etgan OKMK boshqaruv raisining xodimlar va ijtimoiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Sa'di Shermatov geologlarning kombinat ishlab chiqarish zanjirida muhim ahamiyat kasb etishini, so‘nggi yillarda soha vakillariga qaratilayotgan e'tibor bois geologiya sohasi rivojlanib borayotganligini ta'kidladi. Shuningdek, S.Shermatov aynan geologlarning boy ish tajribasi va bilimlari bilan mamlakatimiz iqtisodiy qudratiga hissa qo‘shadigan yangidan-yangi istiqbolli konlar ochilayotganini ma'lum qilib, soha vakillariga o‘zining samimiy tilaklarini bildirdi.
O‘zbekiston Respublikasi geologiya sohasi xodimlari kuni munosabati bilan OKMK boshqaruv raisi A.Xursanovning buyrug‘iga ko‘ra, 14 nafar soha vakillariga Faxriy Yorliq va qimmatbaho sovg‘alar taqdim etildi. 5 nafar kombinat geologiya sohasi vakillariga esa O‘zbekiston Respublikasi tog‘-kon va geologiya vazirligining Faxriy Yorliqlari topshirildi.
Shuningdek, tadbir davomida “Eng yaxshi geologiya xizmati xodimlari-2025” kasb mahorati tanlovida sovrinlri o‘rinlarni egallagan 27 nafar geologlar ham turli nominatsiyalar bo‘yicha taqdirlanishdi.
Ma'lumot uchun bugungi kunda Resurslar va tog‘-kon ishlari departamentining geologiya bo‘limi, Qalmoqqir kon boshqarmasi, Chodak kon boshqarmasi, Yoshlik-1 koni, Angren kon boshqarmasi, Xondiza kon boshqarmasi, Kovuldi koni, Shaxta qurilish boshqarmasi, Ohak zavodi kabi tarkibiy korxonalarda geologlar o‘z xizmat faoliyatini olib borishadi.
Axborot xizmati
Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:
Matn xato bilan:
Sizning izohingiz yoki to`gri versiya: