• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

OKMK Germaniya hamkorligining yangi ufqlari

12 May 2023, 16:44 1579

Xabaringiz bor, joriy yilning 2-3 may kunlari Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Germaniya Federativ Respublikasida bo‘lgan edi. Ushbu tashrif davomida bir qator yo‘nalishlar bo‘yicha o‘zaro manfaatli shartnomalar imzolandi. Jumladan, OKMK va Germaniyaning yetakchi bank va kompaniyalari o‘rtasida ham kelishuvlarga erishilib, bir qator loyihalarni amalga oshirish belgilangan edi. Mazkur hamkorlik aloqalarining mantiqiy davomi sifatida bugun Olmaliq kon-metallurgiya kombinatiga Germaniya iqtisodiyot va iqlim siyosati vazirligining tashqi iqtisodiyot departamenti boshlig‘i Dominik Shnixels boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.

Mehmonlar va OKMK rahbariyati o‘rtasida tashkil etilgan uchrashuvda kelgusidagi o‘zaro hamkorlik aloqalari muhokama etildi.

Shundan so‘ng, mehmonlar Qalmoqqir koni hamda Markaziy ta'mirlash mexanika zavodida bo‘lishib, texnologik ishlab chiqarish jarayoni bilan yaqindan tanishishdi.

Ma'lumot o‘rnida: Prezident Sh.Mirziyoyevning Germaniyaga tashrifi doirasida OKMK hamda Yevropaning yirik kompaniyalari o‘rtasida qiymati 1,4 mlrd yevrodan ziyod shartnomalar imzolandi.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech