• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

OKMK Idoraviy harbiylashtirilgan qoʻriqlash xizmatiga 70 yil

30 Oktyabr 2023, 9:25 799

Bundan 70 yil ilgari aniqrogʻi, 1953-yil 23-oktyabr sanasida OKMK tarkibida harbiylashtirilgan qo‘riqlash xizmati bo‘linmasi tuzilgan. Avvaliga 11 nafar xodim bilan xizmat olib borgan ushbu tarkibiy boʻlinmada hozirda 1000dan ziyod o‘qchilar, nazoratchilar, qorovullari mehnat qilishayapti.

Joriy yilning 27-oktyabr kuni Idoraviy harbiylashtirilgan qoʻriqlash xizmati tashkil topganligining 70 yilligi keng nisonlandi.

Tadbir avvalida soʻz olgan OKMK rahbariyati soha vakillarini qutlugʻ sana munosabati bilan tabriklab, oʻz samimiy tilaklarini bildirishdi.

OKMK boshqaruvi raisi A.Xursanovning bu`yrugʻiga koʻra bir guruh xizmat xodimlari hamda mehnat faxriylari turli darajadagi “Konchilik shuhrati” koʻkrak nishoni, faxriy yoʻrliqlar hamda qimmatbaho sovgʻalar bilan mukofotlanishdi.

Tadbirda “Metallurg” MS ijodiy guruhlari tomonidan tayorlangan konsert dasturi barchaga bayramona kayfiyat ulashdi. Xizmat xodimi Sardor Narimonov ijrosidagi taronalar ham barchaga manzur boʻldi.

Taniqli estrada xonandasi Bahrididdin Zuhriddinovning shoʻx-shodon qoʻshiqlari barchani raqsga chorladi.

Tadbir davomida sportning jangovar turlari bilan shugʻullanib kelayotgan xizmat xodimlari tomonidan namoyish etilgan koʻrgazmali jangovar chiqishlari olqishlarga sazovar boʻldi.

Ma’lumot uchun: Ushbu xizmat kombinatning Olmaliq shahri va boshqa joylaridagi salkam 50ta tarkibiy bo‘linmalarida faoliyat olib borishadi.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech