"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Xabaringiz bor, kombinat tarkibiy bo‘limalarida ayni kunlarda 2023-yilda jamoa shartnomasi bajarilishi yuzasidan mehnat jamoalari konferensiyasi bo‘lib o‘tmoqda.
Joriy yilning 25-yanvar kuni Ijro apparati mehnat jamoasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Konferensiyada kombinat jamoa shartnomasining 2023-yilda bajarilishi bo‘yicha kasaba uyushmasi qo‘mitasining har bir komissiyasi raislari hisobot berishdi. Ishchi-xodimlarga yaratilgan sharoitlar, imtiyozlar bo‘yicha ma'lumotlar taqdim etildi.
Amalga oshirilgan ishlar yuzasidan delegatlar o‘z fikr-mulohazalarini bildirib o‘tishdi.
Tadbir davomida “Olmaliq KMK” AJ korxonalari kasaba uyushmalari hisobot konferensiyaga delegatlar saylab olindi.
Konferensiyada 2023-yilda OKMK Ijro apparatida jamoa shartnomasining bajarilishi qoniqarli deb topildi.
Almira Volkova,
OKMK Ijro apparati kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi