Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Olmaliq kon-metallurgiya kombinati rahbariyati tashabbusi bilan yurak qon-tomir kasalliklari bilan ogʻrigan kombinat ishchi-xodimlari uchun MDHda yagona boʻlgan “Mobil angiograf” tibbiy uskunasi yordamida bepul tibbiy koʻrikning tashkil etilishi ham inson manfaatlari yoʻlida olib borilayotgan ishlarning amaldagi ifodasi, desak mubolagʻa boʻlmaydi.
Jumladan, joriy yilning 9-24-sentyabr kunlari “Mobil angiograf” sayyor shifoxonasi Tibbiy sanitar qismiga keltirilib, unda kombinat ishchi-xodimlari bepul tibbiy koʻrikdan oʻtkazildi.
Milliy tibbiyot markazi direktorining davolash ishlari boʻyicha oʻrinbosari Akmal Rahmatullayevning ma`lum qilishicha, sayyor shifoxona yurak qon-tomirlari kasalliklariga erta bosqichda va oʻta yuqori aniqlikda tashxis quyuvchi angiografiya uskunasidan tortib barcha turdagi yurak operatsiyalarini oʻtkazishga moʻljallangan ilgʻor texnologiyalar bilan tahminlangan.
Milliy tibbiyot markazining 28 nafar malakali shifokorlari tomonidan yurak ishemik kasalliklari bilan dispanser nazoratida turgan 600 nafar ishchi-xodimlar uchun umumiy tibbiy koʻrik tashkil etilib, ular instrumental va laborator tekshiruvlardan oʻtkazildi hamda sogʻlomlashtirish rejalari tuzildi
Bundan tashqari, OKMK ishchi-xodimlarida oʻtkir va surunkali yurak ishemik kasalliklarini oldini olish maqsaida 401 nafarida Koronagrafiya tekshiruvi oʻtkazilib, 78 nafarida stentlashga koʻrsatma, 86 nafarida 50% gacha boʻlgan boshlangʻich oʻzgarishlar, 27 nafarida esa ochiq yurak operatsiyasiga koʻrsatmalar aniqlandi. Tekshiruvlar chogʻida 210 nafar ishchi-xodimning sogʻlomligi aniqlangan. Aniqlangan bemorlardan 21 nafarida markazda stentlash va ochiq yurak jarrohlik amaliyotlari oʻtkazildi.
Oʻzaro hamkorlik boʻyicha OKMK va Milliy tibbiyot markazi oʻrtasida memorandum imzolandi. Memorandum doirasida kelgusida kombinat ishchi-xodimlari uchun har qanday turdagi kasalliklar boʻyicha tibbiy koʻriklar tashkil etilishi koʻzda tutilgan. Bemorlarni sogʻliqlarini tiklashda yuqori texnologiyali amaliyotlar oʻtkaziladi.
Yuqori texnologiyali karonagrafiya amaliyoti oʻtkazilgan kombinat ishchi-xodimlariga Milliy tibbiyot markazida davolanish uchun tavsiyalar berildi.
Axborot xizmati