"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha ilgari surgan 5 ta muhim tashabbusi doirasida “Olmaliq KMK” AJ tomonidan yosh ishchi-xodimlarimiz uchun o‘zgacha maydon yaratildi. Kombinatimizning 75 yilligi munosabati bilan iqtidorli yoshlar o‘rtasida “OKMK iste’dodi” ko‘rik-tanlovi o‘tkazilib, yoshlarning turli san’at yo‘nalishlaridagi qobiliyatlarini namoyon etishiga imkon yaratildi.
Tanlovning yakuniy final bosqichi kuni kecha yuqori saviyada tashkil etildi. Ishtirokchilar quyidagi yo‘nalishlarda o‘z mahoratlarini namoyon etdilar:
Har bir ishtirokchi sahnada o‘zining noyob iste’dodini ko‘rsatib, hay’at a’zolarini hayratda qoldirdi. Final yakunlariga ko‘ra, tanlov g‘oliblari quyidagicha aniqlandi:
1-o‘rin va “OKMK iste’dodi” nominatsiyasi – Bunyod Boyirov, Rux zavodi Elektrolit sexi katta ustasi.
2-o‘rin – Rajabboy Abdurazzaqov, "Metallurg" madaniyat saroyi rejissyori.
3-o‘rin – Ilhom Anarboyev, Rux zavodi kran mashinisti.
Tanlov gʻoliblari pul mukofotlari bilan taqdirlanishdi.
Bundan tashqari, barcha final ishtirokchilari turli nominatsiyalar, qimmatbaho sovg‘alar va tashakkurnomalar bilan rag`batlantirildi. Ushbu tanlov yoshlarning nafaqat professional, balki ijodiy qirralarini ham ochishga xizmat qilib, kombinatning 75 yilligi oldidan yuksak kayfiyat bag‘ishladi.
“OKMK iste’dodi” – iste’dodlarni kashf etuvchi maydon!
Biz g‘olib va barcha ishtirokchilarni chin dildan tabriklaymiz va ularga yangi yutuqlar tilaymiz!
Alisher Usmonov,
Ijtimoiy obyektlar boshqarmasi Yoshlar ittifoqi raisi
Loyiha tashkilotchisi