Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tomonidan sportni rivojlantirishga va iqtidorli yoshlarni iste'dod va iqtidorlarini yuzaga chiqarishga katta e'tibor qaratib kelinmoqda. Kombinat ko‘magi bilan sportchi yoshlarimiz o‘z iste'dodlarini xalqaro maydonlarda namoyish etishib, mamlakatimiz sharafini munosib himoya qilishmoqda. Ana shunday yoshlardan biri Munisa Ashurbekova tennis bo‘yicha joriy yilning 19-25 sentyabr kunlari Quvayt davlatida o‘tkazilgan xalqaro turnirda mutlaq g‘alaba qozondi.
Ushbu xalqaro tennis musobaqasida terma jamoa safida ishtirok etgan yosh sportchi Munisa Ashurbekova yakkalik va juftlik bahslarida barcha raqiblaridan ustun keldi.
Munisa bir necha yillardan buyon Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tomonidan qo‘llab-quvvatlab kelinayapti. Salkam 10 yildan buyon tennis bilan professional darajada muntazam shug‘ullanib kelayotgan Munisa Olimpiya zahiralari Respublika tennis maktabi o‘quvchisi hisoblanadi.
Munisa Respublika miqyosidagi musobaqa (turnir)larda ishtirok etishi bilan bir qatorda, Vatanimiz sharafini Xalqaro turnirlarda munosib himoya qilib kelmoqda va o‘nlab turnirlar g‘olibi sanaladi.
Munisaning ushbu g‘alabasi xalqaro turnirlardagi uchinchisi bo‘ladi.
Kombinat tomonidan yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda ularning iqtidor va iste'dodlarini yuzaga chiqarish uchun shart-sharoitlar yaratib berish ishlari bardavomlik kasb etadi.
OKMK Axborot xizmati