• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

OKMK kasaba uyushmalari faollari rag‘batlantirildi

14 Noyabr 2023, 8:58 648

Kasaba uyushmalari... Mamlakatdagi eng ommaviy va a'zolari soni ko‘p bo‘lgan jamoat tashkilotlaridan sanaladi. 32,4 mingdan ortiq boshlang‘ich tashkilotlarga ega uyushma o‘z safida 5,1 milliondan ortiq ishchi va mehnatkashlarni birlashtirgan.
OKMKda ham faoliyatini samarali tashkil etib kelayotgan Kasaba uyushmalari kengashi mavjud. 11-noyabr - O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni munosabati bilan kengash faollari rag‘batlantirildi.
Kombinat kasaba uyushmalari kengashi xodimlarini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish maqsadidagi bayram tadbiri “Metallurg” MSda bo‘lib o‘tdi.
Kombinat kasaba uyushmasida 8 ta yo‘nalish bo‘yicha doimiy komissiyalar faoliyati sarhisob qilingan uchrashuvda 43 nafar eng yaxshi komissiya raislari, 14 nafar kasaba uyushmalari faollari hamda 18 nafar eng yaxshi sex qo‘mitasi raislari taqdirlandi.
Shuningdek, bir gururh xodimlarga faxriy yorliqlar topshirildi.
Tadbirda "Metallurg" MS ijodiy jamoalari tayyorlagan kontsert dasturi barchaga manzur bo`ldi.
Bayramona dasturlar ketma-ketligidan hayriya tadbirlari ham o‘rin oldi. Kasaba uyushmasining sobiq mehnatkashlari, o‘z faoliyatida namuna ko‘rsata olgan nafaqadagi 55 nafar nuroniylarga oziq-ovqat jamlanmalari taqdim etildi.
Bir so‘z bilan aytganda Kombinat kasaba uyushmalari faollari yaxshi natijalarga to‘la faoliyatini ana shunday sarhisob qilib, o‘z kasb bayramlarini yuqori kayfiyatda nishonlashdi.

Umida Djalilova,
OKMK xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi
tashkiliy ishlar bo‘yicha yetakchi mutaxassis

Bo`lishmoq:
Text to speech