• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

OKMK ko‘magida hududlardagi nosozliklar bartaraf etilmoqda

18 Yanvar 2023, 15:20 1033

Ob-havoning keskin sovib ketishi tufayli mamlakatimizning turli hududlarida kommunal sohada nosozliklar yuzaga keldi. Ularni bartaraf etish yuzasidan joylarda tezkor chora-tadbirlar ko‘rilmoqda. Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tomonidan ham hududlarda yuzaga kelgan nosozliklarni bartaraf etish uchun amaliy yordam ko‘rsatilmoqda.

Jumladan, Yangiyo‘l tumanining “Lazzat”, “Turkiston” hamda “Ramazon” mahallalarida 43 nafar kombinat ishchi-xodimlaridan iborat yordamchi guruh tiklash va ta'mirlash ishlarini olib borishayapti. Mazkur brigada tomonidan ichimlik suvi tizimida yuzaga kelgan nosozliklar bartaraf etilayapti.

16-yanvar kuni ushbu mahallalardagi ko‘p qavatli uylarning 20 ta xonadonidagi ichimlik suvi bilan bog‘liq muammolar hal etildi.

17-yanvar kuni esa 2 ta bog‘cha va 1 ta maktabning sovuq suv va issiqlik tizimi tiklandi. Bundan tashqari, 12 ta xonadondagi sovuq suv tizimlarida nosozlik ham bartaraf etildi.

Shuningdek, kombinat tomonidan 6 ta mahallada elektr ta'minotidagi uzilishni bartaraf etish maqsadida 1000/04-6 kVt kuchlanishli yangi transformator ham o‘rnatildi.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech