• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

OKMK konlarida Texnogen seysmiklikni monitoring qilish tizimi joriy etildi

14 Yanvar 2025, 10:38 186

Prezidentimizning 2023-yil 16-maydagi “O‘zbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini ta'minlash tizimini yanada takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-158-son qarori ijrosini ta'minlash maqsadida “Olmaliq KMK” AJ tasarrufidagi Qalmoqqir va “Yoshlik-1” konlari hududida qattiq foydali qazilmalarni qazib olish bilan bog‘liq yer qobig‘ining kuchlanganlik-deformatsiyalanganlik holatini hamda texnogen zilzilalarni monitoring qilish tizimi yo‘lga qo‘yildi.

Mazkur monitoring qilish tizimining mohiyati shundaki qattiq foydali qazilmalar qazib olinadigan hududlarda texnogen seysmiklik namoyon bo‘lishining o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlash va qazib olish ishlari bilan bog‘liq seysmik hodisalarni o‘rganishdan iborat.

Sezuvchanligi yuqori bo‘lgan seysmostansiyalarning lokal tarmog‘ini yaratish, seysmik rejim parametrlari bazasini o‘rganish hamda geofizik kuzatuvlar natijalarini tahlil qilish yordamida monitoring hududini deformatsion kuchlanishi o‘zgarishlarini prognoz qilish ushbu tizimning asosiy maqsadi sanaladi.

Monitoring bir qator vazifalarni o‘z ichiga oladi.

Jumladan, asbob-uskunalarning optimal komplektini aniqlash va uni o‘rnatib, ekspluatatsiya qilish usullarini ishlab chiqish hamda uzluksiz, avtonom va ishonchli ishlashini ta'minlaydi. Statsionar va profil bo‘ylab magnitometrik kuzatuvlar olib borish,  yer qobig‘ining deformasion kuchlanishini baholash uchun zilzila o‘chog‘i mexanizmining o‘ziga xos parametrlarini tahlil qiladi. Kuchsiz zilzilalar uchun seysmik rejim parametrlarini aniqlashning mavjud usullaridan foydalanish, shovqin kuchaygan sharoitda episentrlarni oz sonli stansiyalar tomonidan aniqlanadi. Olingan ma'lumotlarni tarixiy va arxiv ma'lumotlari bilan taqqoslash orqali seysmik rejimdagi uzoq muddatli o‘zgarishlarni, ya'ni seysmiklikning umumiy darajasidagi hamda texnogenlik darajasini baholaydi. O‘rganilayotgan hudud bo‘yicha olingan kompleks natijalar asosida (yarim yillik, yillik) xulosalar tayyorlanadi.

Monitoring tizimini ishga tushirish maqsadida, Qalmoqqir va “Yoshlik-1” konlari hududida 4 ta seysmik va 1 ta magnitometrik kuzatuv stansiyalaridan iborat lokal kuzatuv tarmog‘i yaratildi.

Shuningdek, mazkur hududda 9 ta o‘lchov nuqtasidan iborat magnitometrik profil o‘lchovlari tashkil etildi.

Hozirda seysmik va geofizik kuzatuvlar davom ettirilmoqda.

Qahramon Dushanov,

OKMK Fuqaro muhofazasi otryadi komandiri

Bo`lishmoq:
Text to speech