• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

OKMK kurashchilari Osiyo chempionatida sovrindor bo‘lishdi

26 May 2023, 9:59 736

Joriy yilning 20-25 may kunlari Jizzax shahrida belbog‘li kurash bo‘yicha kattalar o‘rtasida Osiyo chempionati bo‘lib o‘tdi.

Ushbu nufuzli musobaqada OKMK xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi qoshidagi jismoniy tarbiya-sport bo‘limi murabbiysi Bahodir Sheranov shogirdlari ham ishtirok etishib, salmoqli natijalarni qayd etishdi.

Jumladan, erkaklar o‘rtasidagi bahslarda 75 kg vazn toifasida Xolmirza Hasanboyev 2-o‘rinni egallab, kumush medalni qo‘lga kiritdi.

Ayollar o‘rtasidagi bahslarda esa 60 kg vazn toifasida Bibigavhar Po‘latboyeva bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

66 kg vazn toifasida gilamga tushgan Zemfira Azatova esa 2-o‘ringa munosib ko‘rilib, kumush medal bilan taqdirlandi.

76 kg vazn toifasida bellashgan Gulkumar Jannazarova ham kumush medalga loyiq ko‘rildi.

Shu tariqa OKMK kurashchilari mamlakatimiz terma jamoasi hisobiga 3ta kumush va 1ta bronza medallari shodasini qo‘shishdi.

Musobaqa yakunlangach, g‘olib va sovrindorlarni taqdirlash marosimi tashkil etildi. Birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan polvonlar 10 000 000 so‘m, ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan polvonlar 5 000 000 so‘m, ikkita uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan polvonlar 2 500 000 so‘m pul, diplom va medallar bilan taqdirlanishdi.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech