"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 332026-yil 9–11-iyun kunlari sportning belbog‘li kurash turi bo‘yicha Farg‘ona shahrida 2009–2010-yillarda tug‘ilgan o‘smirlar o‘rtasida jahon chempionati bo‘lib o‘tdi. Ushbu nufuzli musobaqada turli davlatlardan kelgan yosh sportchilar g‘oliblik uchun gilamga tushshishdi.
Makzkur nufuzli musobaqada OKMK xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi jismoniy tarbiya va sport bo‘limining belbog‘li kurash bo‘yicha murabbiysi Bahodir Sheranov shogirdlari ham mamlakatimiz terma jamoasi safida ishtirok etishdi.
Jumladan, +95 kg vazn toifasida bahs olib borgan vakilimiz Sherbek Abdugapparov faxrli uchinchi o‘rinni egallab, bronza medaliga ega bo‘ldi.
Shuningdek, joriy yilning 12-14-iyun kunlari Farg‘onada o‘tkazilgan kattalar o‘rtasida Osiyo chempionatida ham kombinat kurashchilari ishtirok etishib, sovrinli o‘rinlarni egallashdi.
Xususan, erkaklar o‘rtasida 75 kg vazn toifasida ishtirok etgan Komronbek Nomozboyev bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
Ayollar o‘rtasidagi bahslarda ishtirok etgan vakilamiz Gulkumar Jannazarovaga chempion bo‘lishiga bir oz omad yetishmadi. Gulkumar 76 kg vazn toifasida kurashib, ikkinchi o‘rinni band etdi va kumush medalni qo‘lga kiritdi.
Mazkur chempionatlarda Hindiston, Eron, Indoneziya, Turkiya, Latviya, Rossiya, Misr, Moʻgʻuliston, Polsha, qo‘shni Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston kabi 30 ga yaqin davlatlarning eng nomdor polvonlari g‘oliblik uchun bahs olib borishdi.
Hokimbek Boxirov,
OKMK xodimlari kasaba uyushmasi
Kengashi jismoniy tarbiya va sport bo‘limi mudiri