Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 71) 619-23-33Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 71) 619-23-33Joriy yilning 28-31 may kunlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Nukus shahrida sportning belbogʻli kurash turi boʻyicha 2008-2009 yillarda tugʻilgan oʻsmirlar oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun Jahon va Osiyo chempionati oʻtkazildi.
Ushbu nufuzli musobaqada Oʻzbekiston terma jamoasi safida OKMK xodimlari kasaba uyushmasi Kengashining jismoniy tarbiya va sport boʻlimi belbogʻli kurash seksiyasi tarbiyalanuvchisi Sherzodbek Yelibaev ham qatnashib, samarali natija qayd etdi.
Sherzodbek 71 kg vazn toifasida gilamga tushib, barcha raqiblaridan ustun kelgan holda jahon chempioni boʻldi va mamlakatimiz terma jamoasi hisobiga oltin medalni yozdirib qoʻydi.
Sherzodbek koʻp yillar mobaynida murabbiy Bahodir Sheranov qoʻl ostida belbogʻli kurash bilan shugʻullanib keladi.
Hokimbek BOXIROV,
OKMK xodimlari kasaba uyushmasi kengashi
jismoniy tarbiya va sport boʻlimi mudiri