Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

OKMK madaniyat va san’at xodimlari eʻtirof etildi

16 Aprel 2026, 13:22 246

Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan 2021-yildan buyon yurtimizda “Madaniyat va san’at xodimlari kuni” sifatida keng nishonlanib kelinmoqda. Yirik sanoat korxonasi boʻlgan OKMK mehnatkashlariga doimo koʻtarinki kayfiyat ulashuvchi “Metallurg” madaniyat saroyi jamoasi ham milliy qadriyatlarimizni dunyoga tarannum etish, yosh isteʼdod egalarining qobiliyatlarini roʻyobga chiqarish borasida fidokorona xizmat qilib kelishmoqda. 

1964-yil foydalanishga topshirilgan muhtasham madaniyat majmuasi 60 yildan ziyodroq vaqt davomida shaharning qoq markazidagi san’at deya atalgan ziyo nurini taratuvchi maskan sifatida faoliyat yuritmoqda. Bu yerda 20dan ortiq badiiy havaskorlik jamoalarida nafaqat jajji bolajonlar balki nuroniylar ham oʻz iste’dodlarini yuzaga chiqarishib, boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazishyapti. Ta’kidlash kerakki, madaniyat saroyining malakali va mahoratli ustozlari qoʻlida sayqallanayotgan toʻgarak a’zolari shahar tadbirlarini yuqori saviyada oʻtkazish barobarida Respublika va xalqaro miqyosdagi sahnalarda ham yuqori oʻrinlarni egallab, yurtimiz shanini dunyoga taratishmoqda. OKMKning har bir bayram tadbiri Metallurg MSning ijodiy jamoalari ishtirokisiz oʻtmaydi.

Joriy yilning 15-aprel kuni shunday fidokorona kasb egalari uchun sana munosabati bilan bayram dasturxoni yozilib, san’at ahlining milliy madaniyatimizni asrab-avaylash va keng targʻib qilish borasidagi beminnat xizmatlari e’tirof etildi.

Tadbir davomida 15 nafar eng ilgʻor xodimlarga esdalik sovgʻalari topshirildi.

Shu oʻrinda aytish joizki, sahnadagi yorqin ijrolarning ortida koʻplab insonlarning zaxmatli mehnati mujassam. Rassom-dizaynerlar, tikuvchilar, ovoz operatorlari, texnik xodimlar, tozalik posponlari ularning barchasi yagona maqsad yoʻlida birlashgan ahil jamoani tashkil etadi. Sahna ortida xizmat qilayotgan ushbu xodimlarning hissasi koʻzga tashlanmasa-da, har bir tadbirning yorqin va esda qolarli oʻtishi aynan ularning mas’uliyatiga bogʻliq.

Bayram dasturxoni atrofidagi samimiy suhbatlar shoʻx kuy-qoʻshiqlarga ulanib, ishtirokchilarga koʻtarinki kayfiyat bagʻishladi.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech