"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Ma'lumki, mamlakatimizda 15-aprel sanasi O‘zbekiston Respublikasi madaniyat va san'at xodimlari kuni etib belgilangan. Mazkur sana 4 yildan buyon Respublikamiz bo‘ylab keng nishonlanib kelinmoqda.
Nafaqat kombinat tadbirlarida balki, viloyat va Respublika miqyosidagi tadbirlarda ham faol ishtirok etib kelayotgan "Metallurg" madaniyat saroyi mehnat jamoasi ham ushbu sanani ko‘tarinki kayfiyatda nishonlashdi.
Sana munosabati mehnat jamoasi uchun “Bahor” mehmonxonasida bayram dasturxoni yozilib, sohaning 12 nafar faol xodimlariga esdalik sovg‘alari taqdim etildi.
Shuningdek, shu kuni o‘zining 60 yoshini qarshi olgan, 34 yil shu sohada turli vazifalarda mehnat qilib kelayotgan, ovoz operatori Bahrom To‘laganov qutlanib, uning mehnat yo‘li e'tirof etildi hamda unga qimmatbaho sovg‘a berildi.
Ma'lumot uchun: “Metallurg” MSning badiiy havaskorlik jamoalari “Olmaliq KMK” AJ sex va bo‘linmalarida va Olmaliq shahrida hamda viloyat va Respublika miqyosidagi tadbirlarda muntazam ishtirok etib kelishadi. Bundan tashqari, jamoalar xalqaro ko‘rik tanlovlarda, festivallarda qatnashib ko‘plab yutuqlarni qo‘lga kiritishgan. 2025-yilning 1-yanvaridan 31-mart kuniga qadar "Metallurg" madaniyat saroyi xodimlari tomonidan 126 ta ommaviy, madaniy-ma'rifiy, davra suhbatlari va uchrashuvlar tashkil etilgan. Bu yilning 1-choragida "Raduga" xalq sirk jamoasi 2 marotaba gran-pri sovrindorlari bo‘lishdi. "Kaleydoskop" xalq raqslari ansambli Xalqaro san'at festivallarida ishtirok etib 4 ta gran-pri va 1 ta supergran-prini qo‘lga kiritishdi. To‘garak rahbari Nasiba Umarovna "Eng yaxshi to‘garak rahbari" sertifikati bilan taqdirlandi.
Axborot xizmati