• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

OKMK mahsulotlari ISO 9001-2015 xalqaro sertifikatini qo‘lga kiritdi

30 Avgust 2022, 11:59 1609

Kombinat mutaxassislarining sa'y-harakatlari va izlanishlari evaziga nodir metall mahsulotlari uchun umume'tirof etilgan xalqaro ISO 9001-2015 standart sertifikati qo‘lga kiritildi.

Kombinatning Nodir metallar va qattiq qotishmalari ishlab chiqarish bo‘yicha ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi “CERT International”- xalqaro standartlashtrish tashkiloti tomonidan yuqori baholanib, ISO 9001-2015 xalqaro sertifikati taqdim etildi.

Bu xalqaro sertifikat kombinat imkoniyatlarini kengaytirishi bilan ahamiyatli. Ya'ni, kombinatning eksport maydoni kengayishi hamda mahsulotlar sifatining dunyo miqyosida tan olinishini ta'minlaydi.

Bugungi kunda molibden va volfram, ularning briket va shtabiklari va ular asosidagi qattiq qotishmalar hamda keramik mahsulotlar AQSh, Kanada, Shveysariya, Estoniya, Buyuk Britaniya, Belarus, Chexiya va Rossiya kabi davlatlarga eksport qilinmoqda.

OKMK Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech