• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

MOF-3: Megaloyiha amalda

31 May 2023, 9:3 3160

Ma’lumki, Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tomonidan O‘zbekiston taraqqiyoti uchun muhim bo‘lgan “Yoshlik 1 konini o‘zlashtirish” yirik investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda. Loyiha doirasida yiliga 60 mln tonna rudani qayta ishlash quvvatiga ega bo‘lgan 3-Mis boyitish fabrikasi bunyod etilayapti.

MDH davlatlarida yagona bo‘lgan ushbu 3-Mis boytish fabrikasi obyektini loyihalash ishlari uchun “Wood” (Italiya) kompaniyasi, loyiha hujjatlarini tekshirish va qabul qilish uchun “Technip Energies” (Buyuk Britaniya) hamda qurilishda texnik nazoratini amalga oshirish uchun “WorleyParsons Uzbekistan Engineering” kompaniyalari jalb etilgan.

Ayni kunlarda qurilish ishlari kulminatsion nuqtaga yetkazilib, 12 mingdan ziyod quruvchi va 1200 ta maxsus texnika fabrika qurilish maydoniga jalb qilingan.

Quruvchi kompaniya tomonidan maydalash uskunalari poydevori va binolar poydevori, kichik holda maydalash uskunasi poydevori, ma’dan tayyorlash uskunasi poydevori, tayanch devorlar flotatsiyalash uskunasi poydevori, quruq holda g‘alvirdan o‘tkazish binosi, yirik ma’dan saqlash ombori qurilishi yakuniga yetkazildi.

Shu kunlarda quruvchilar yirik hajmdagi 7,3 x 13 metrli sharli tegirmonlarni o‘rnatishmoqda. Jami shunday tegirmonlardan 12 ta o‘rnatiladi.

Sharli tegirmonlari uchun “ABB Switzerland Ltd” kompaniyasining 12 komplekt elektr dvigatellar va 14 komplekt transformatorlar, CEMTEC (Germaniya) kompaniyasining 12 komplekt gidrostatik podshipniklari va 12 komplekt tishli tojlar, NAIPU (Xitoy) kompaniyasining 12 komplekt silindrik butaralari, flotatsiya mashinalari uchun Thyssenkrupp (Germaniya) kompaniyasining 7 komplekt reduktorlari va 6 komplekt dvigatellari hamda Metso Outotec (Finlyandiya) kompaniyasining 7 komplekt reduktorlari va 6 komplekt elektr dvigatellari yetkazib berilgan.

Parallel ravishda fabrikaning infratuzilma obyektlarida ham ishlar qizg‘in ketmoqda. Ushbu obyektlarni qurilish ishlariga qo‘shimcha ravishda yana 4 mingga yaqin ishchilar jalb etilgan.

Qoldiqlarni saqlash xo‘jaligida to‘g‘on poydevorini qurish bo‘yicha 7,5 mln m3 tuproq ishlari bajarildi. Suv ta’minoti obyektlarini qurish bo‘yicha 71 ta (jami 114 ta) quduqni burg‘ilash ishlari ham yakuniga yetkazildi.

Shuningdek, fabrikani 650 Megavatt quvvatga ega tashqi elektr ta’minoti obyekti qurilishi ham nihoyasiga yetdi.

Shuningdek, 500 kV raqamli podstansiyasida qurilish-montaj ishlari va asosiy uskunalarni yetkazib berish ham yakuniga yetkazildi.

E’tiborlisi, yangi mis boyitish fabrikasining barcha texnologik jarayonlari to‘liq zamonaviy uskunalar yordamida avtomatlashtirilgan bo‘ladi. Bu inson omilining texnologik jarayonlarga ta'sirini kamaytirib, mahsulot sifatini yaxshilaydi, mehnat sifatini oshiradi, shuningdek, favqulodda vaziyatlarni kamaytiradi.

Va muhimi, mazkur obyekt ishga tushirilishi natijasida 6 mingta yangi ish o‘rni yaratiladi.

3-Mis boytish fabrikasi qurilishi davom etayotgan bir pallada 4-Mis boytish fabrikasini loyhalash ishlari ham boshlab yuborildi.

OKMK Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech