• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

OKMK mehnat jamoasi hasharda faol

18 Mart 2024, 9:49 593

Obod yurtning fayzi, tarovati o‘zgacha bo‘ladi. Zotan, ozodalik, poklik, saranjom va sarishtalik yurtimizning yanada ko‘rkam bo‘lishiga zamin yaratadi. Bunda xalqimizning yillar davomida shakllangan ezgu qadriyati – hashar muhim o‘rin tutadi. 16-18 mart kunlari butun mamlakatimiz bo‘ylab umumxalq xayriya hashari o‘tkazilmoqda. 

“Obod va fayzli mahalla — yurt ko‘rki” shiori ostida o‘tayotgan hasharda Olmaliq kon-metallurgiya kombinati ishchi- xodimlari ham faol ishtirok etishmoqda.

16-17 mart kunlari tashkil etilgan xayriya hasharida kombinat ishchi-xodimlari tomonidan tarkibiy bo‘linmalar hududlari, Olmaliq shahrining biriktirilgan mahalla va ko‘chalari, qabristonlar obodonlashtirildi.

Jumladan, 2 kun davomida 377 000 metr kvadrat hudud tozalanib, 401 tonna chiqindi olib chiqildi. 60101 pogonometr ariq-zovurlar tozalanib, 137 ta maxsus texnikalar hasharga jalb etildi. Shuningdek, 54580 pogonometr bordyurlar va 27045 dona daraxtlar oqlanib, 6180 tup daraxtlarga shakl berildi.

Bundan tashqari, 37 ta ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning xonadonlarida ham obodonlashtirish ishlari olib borildi.

Xayriya hashari bugun ham davom ettiriladi.

OKMK Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech