Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Kecha yurtimiz bo‘ylab Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki” shiori ostida umumxalq xayriya hashari o‘tkazildi.
Xalqimizning yillar davomida shakllangan ezgu qadriyati bo‘lgan hasharda Olmaliq kon-metallurgiya kombinati mehnat jamoalari ham faollik bilan ishtirok etishdi.
Navro‘z umumxalq bayrami va muborak Ramazon oyini munosib kutib olish maqsadida tashkil etilgan umumxalq hasharida kombinat tarkibiy bo‘linmalari o‘z korxonalari hamda Olmaliq shahri mahallalari hududlari, ko‘chalarini obodonlashtirishdi.
Xususan, hasharda 4428 nafar kombinat ishchi ishchi-xodimlari ishtirok etib, 68 ta maxsus texnika vositalari safarbar etildi.
5370,2 tonna chiqindi olib chiqilib, 218302 metr kvadrat maydon tozalandi. 24886 ta daraxt va 48056 pogonometr bordyurlar oqlandi. 48454 pogonometr ariq va zovurlar tozalanib, 3463 tup daraxtlarga shakl berildi.
Bundan tashqari, kombinat yoshlari va faollari tomonidan nogironligi bor shaxslar hamda keksalarning xonadonlarida ham hashar tashkil etilib, uy yumushlariga ko‘mak berildi.
Bir so‘z bilan aytganda kombinat mehnat jamoasi hasharda uyushqoqlik va hamjihatlikda qatnashishidi.
OKMK Axborot xizmati