"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 09Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 09Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Mamlakatimizda milliy madaniyat va san'atni, xususan, raqs san'atini tizimli rivojlantirish, xoreografiya ta'limini zamon talablari asosida takomillashtirish hamda bu borada xalqaro hamkorlikni kengaytirish davlat siyosatining ustuvor yo'nalishlaridan biriga aylandi.
Prezidentimizning 2026-yil 2-iyundagi “Madaniyat, san'at va adabiyot sohalarini yanada rivojlantirish bo'yicha keng ko'lamli chora-tadbirlar to'g'risida”gi Farmoni ijrosini ta'minlash hamda mamlakatimizda raqs san'atini har tomonlama rivojlantirish, uning ijodiy, ilmiy-metodik va tashkiliy salohiyatini yuksaltirish maqsadida Olmaliq kon-metallurgiya kombinati mas'ulligida O'zbekiston Raqs san'ati ijodiy birlashmasi tashkil etildi.
Qisqa muddat ichida ijodiy birlashma davlat ro'yxatidan o'tkazilib, davlat ro'yxatidan o'tganlik to'g'risidagi guvohnoma olindi, Nizom va 2026–2027 yillarga mo'ljallangan Yo'l xaritasi tasdiqlandi.
Shuningdek, birlashma rahbariyati, hamrahbarlari va sohaning yetakchi olimlari hamda mutaxassislari ishtirokida ijodiy birlashmaning rivojlanish konsepsiyasi ishlab chiqilib, ustuvor vazifalar, amalga oshiriladigan loyihalar va istiqboldagi rejalar belgilab olindi.
Kuni kecha Prezident Administrasiyasi,Madaniyat vazirligi, birlashma va OKMK mas'ullari ishtirokida birlashmaning dastlabki hisobot yig'ilishi bo'lib o'tdi.Unda kelgusidagi amalga oshirilishi lozim bo'lgan ishlar muhokama qilindi.
O'tgan uch oy davomida ta'lim sifatini oshirish maqsadida 2026–2027 yillarga mo'ljallangan ish rejasi doirasida hududiy madaniyat boshqarmalari va soha pedagoglari ishtirokida tahliliy yig'ilishlar o'tkazildi. Bu yo'nalishdagi eng katta yutuqlardan biri — xoreografiya ta'limi uchun “Boshlang'ich ritmika darsi” va “Doira darsi” nomli yangi o'quv-metodik kitoblarning nashr etilishi bo'ldi. Ushbu qo'llanmalar o'quvchilarda musiqa va harakat uyg'unligini, ritm tuyg'usini rivojlantirishga xizmat qiladi. Bundan tashqari, an'anaviy ta'limni raqamli texnologiyalar bilan integrasiya qilish maqsadida mualliflik videodarslari va amaliy materiallarni o'z ichiga olgan maxsus QR-kodli innovatsion kitoblar ustida ish olib borilmoqda. Shuningdek, soha tarixi va yutuqlarini keng yoritish maqsadida “O'zbek raqs san'ati” jurnalini ta'sis etish choralari ko'rilmoqda Yosh iste'dodlarni kashf etish yo'lida esa Milliy teleradiokompaniya bilan hamkorlikda “Mega Dance” respublika raqs tele-shou tanlovi loyihasi ish boshlamoqda.
Birlashma tomonidan OKMK homiyligida O'zbekiston xalq artisti Malika Ahmedova, Klara Yusupova, Ma'mura Ergasheva, Qodir Mo'minov, Ravshanoy Sharipova, Damira Sagirova va Ro'za Adambayeva kabi san'at faxriylariga alohida ehtirom ko'rsatilib, moddiy tomondan qo'llab-quvvatlanishdi.
Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan Jizzax shahri, Zomin va Paxtakor tumanlarida “Raqsning sehrli olami” nomli yirik konsert dasturlari o'tkazildi. Avgust oyida tashkil etilgan “Raqs milliy oyligi” esa 200 nafardan ortiq havaskor yoshlarni o'z atrofiga birlashtirdi. Xalqaro maydonda ham salmoqli odimlar tashlanib, Davlat rahbarining tegishli Farmoni ijrosini ta'minlash maqsadida O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi va Qozog'iston milliy xoreografiya akademiyasi o'rtasida o'zaro anglashuv memorandumi imzolandi. Bu shartnoma doirasida talabalar almashinuvi va akademik mobillik dasturlari yo'lga qo'yilib, o'zbekistonlik iqtidorli talabalar Qozog'istonda tahsil olish uchun taklif etildi.
Xususan, “O'zbekiston raqs san'ati” ijodiy birlashmasi o'z oldiga qator strategik vazifalarni qo'ymoqda. Kelgusida xoreografiya sohasida yangi avlod darsliklari va QR-kodli innovatsion kitoblarni to'liq amaliyotga joriy etish, “O'zbek raqs san'ati” jurnalini muntazam nashr qilish, “Mega Dance” tele-shousini yuqori saviyada o'tkazish bosh maqsad etib belgilangan. Shuningdek, xorijiy xoreografiya muassasalari bilan hamkorlikni kengaytirish, akademik mobillik va mahorat darslarini ko'paytirish hamda raqs san'ati faxriylarini ijtimoiy qo'llab-quvvatlashni izchil davom ettirish ishlab chiqarilgan dasturlarning pirovard natijasi bo'lib xizmat qiladi.
Axborot xizmati